Mavzu: Briganddan ingliz tili darslari (0 dan boshlab)
29. Shuhrat10 (68) [off] | TXT | 4| 6 Oct 2018, 09:11
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
30. Brigand (M) (519) [off] | TXT | 51| 10 Oct 2018, 22:10
Darslarni kuzatib borayotgan döstlarimga salom! 2-darsni tushundingiz degan umiddaman. Tushunmagan bölsangiz bemalol sörashingiz mumkin. Tushungan bölsangiz 3-darsga marxamat. :)
Ananaga sodiq qolgan holda darsni yangi sözlar bilan boshlasak.
New words
book [bu:k] - kitob
flower [flövr] - gul
door [du:r] - eshik
window [vindöv] - deraza, oyna
sun [san] - quyosh
teacher [tichr] - öqituvchi
pupil [pyupl] - öquvchi
doctor [döktr] - shifokor
boy [böy] - ög'il bola
girl [görl] - qiz bola
read [rid] - öqimoq (kitobni)
study [stadi] - talim olmoq, öqimoq, örganmoq (bilim yurtlarida yani maktab, kollej va h.k.)
build [b(u)ild] - qurmoq
destroy [destroy] - buzmoq
cut [kat] - kesmoq


Ötgan darsda fellar orqali gaplar tuzishni örgandik. Bugun felsiz gaplar tuzamiz. Felsiz? Ingliz tilida felsiz gap tuzish imkonsiz. Hösh unda nima qilish kerak? Gapda fellar mavjud bölmagan hollarda to be [tu bi] yordamchi felidan foydalanamiz. Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol keltiraman. Men öquvchiman. Hösh sizningcha bu gap ingliz tilida qanday böladi? Körib turganingizdek ushbu gapda fel qatnashmagan.
I am a pupil. [ay em e pyupl.] - men öquvchiman.
Bu gapda to be "am" ["em" öqiladi] ekanligini tushundizgiz. Unda bu gapdachi:
He is a boy. [hi is e böy.] - u ög'il bola.
Bu gapda esa sezganingizdek to be "is" yordamida ifodalangan.
You are a teacher. [yu a e tichr.] - siz öqituvchisiz.
Bu gapda to be "are". Demak sezganingizdek to be feli foydalanilganda fel örnida am, is, are qöshimchalaridan biri qöyiladi. Albatta istalgan gap uchun bularning istalgan biri qöyib qöyilmaydi. To bening qöyilishi egaga bög'liq. Ega I bölganda "am" You bölganda "are" He, She, It bölganda "is" We, You, They bölganda "are" to be fellari qöyiladi. Yana misollar keltiraman.
I am a worker; He is an architector; They are boys.
Misollarda körib turganingizdek am, is, are bular to be fellari. Ammo "a" va "an" lar nima? Nega birinchi gapga "a"; ikkinchi gapga esa "an" qöydim? Uchinchi gapda esa "a" ham "an" yöq? Lekin boy söziga "s" harfi qöshilgan? Bu nega kerak? Shu va shunga öxshash savollarga keyingi darsda javob olamiz! Sizga topshiriqlar: Sözlarni yod oling. Mustaqil tarzda fel qatnashmagan gaplar tuzing. Hozircha esa Brigand See you [si: yu] yani körishguncha deb qoladi. :)
Ijobiy (4): fokuschi, Besthakker, Нарзулло, Arey,
Raxmat aytdi (4): Arey, fokuschi, Tayotabek, SuRXaNeSKi,
31. Zenit (414) [off] | TXT | 46| 11 Oct 2018, 05:02
To Be fe'llar.Agar gapda ish harakati kuzatilmasa shu paytda to be fe'llarini ishlatishimiz mumkin bo'ladi.To be fe'llari ko'pgina zamonlarda ishlatiladi masalan Past Continousda Am,is,are >> was/were ga aylanib ketadi.Yaxshi Brigand davom etavering
16 sekunddan so'ng qo'shdi...
To Be fe'llar.Agar gapda ish harakati kuzatilmasa shu paytda to be fe'llarini ishlatishimiz mumkin bo'ladi.To be fe'llari ko'pgina zamonlarda ishlatiladi masalan Past Continousda Am,is,are >> was/were ga aylanib ketadi.Yaxshi Brigand davom etavering
Ijobiy (1): Brigand,
Raxmat aytdi (1): Brigand,
32. Tarix (74) [off] | TXT | 41| 16 Oct 2018, 22:31
Manga englshda feyilni teoriyasini englshalab ayting
33. Brigand (M) (519) [off] | TXT | 40| 18 Oct 2018, 22:31
Assalomu alaykum. Darslarimiz davom etadi! 4-darsni boshlaymiz.

Odatga aylanib qolgan sözlarni yozishdan oldin bir savol sizga. Siz darslarning boshida yozilayotgan sözlarni doimiy tarzda yod olib borayapsizmi? Agar yodlamayotgan bölsangiz darslar davomida albatta tushunmovchiliklar paydo böladi. Shuning uchun sizlardan iltimos va talab: har bir darsning sözlarini yodlab boring. Bu sözlardan darslar davomida foydalanamiz. Demak bugungi sözlar bilan tanishing:

apple [ep:l] - olma
umbrella [ambrel:a] - soyabon
watch [vach] - qöl soati
knife [nayf] - pichoq
glass [gles] - shisha idish
ball [böl] - koptok
shelf [shelf] - shkaf
cherry [cherri] - gilos
box [böks] - quti


Bugungi mavzu: Artikl (noaniq artikl) va otlarning köplik shakli
Artikl sözini mavzuda körib hayron bölgan bölsangiz kerak-a? Artikl nima özi? Hmm. :nima: Buni qanday tushuntirishni ozgina öylanib turibman. .dum. Artikl bu otlar oldidan ishlatiladigan qöshimchadir. Artikl 2 ga bölinadi. 1) Aniq va 2) Noaniq artikl. Aniq artikl bu the ["z" öqiladi]. Aniq artikl katta mavzu. U hozircha bizga kerak emas. U haqida keyinroq töxtalamiz. Biz bugun noaniq artikl haqida gaplashamiz. Noaniq artikl a va an. Noaniq artikl sanaladigan otlar oldidan ishlatiladi. Gapda narsaning miqdori bitta bölsa "a" yoki "an" noaniq artiklidan biri qöyiladi. (ötgan darsning oxirida noaniq artikl ishlatilgan gaplarga bir qancha misollar keltirganman. Qarab köring.) Hösh gapda "a" ni qöyamizmi yoki "an" nimi? Artiklning qöyilishi özidan keyin keluvchi otga bog'liq. Agar artikldan keyingi ot unli harf bilan boshlansa "an" qöyamiz. Agar undosh harf bilan boshlansa "a" qöyamiz. Ingliz tilida 6 ta unli harf bor. Bular: a, e, i, o, u, y harflaridir. Qolgan barcha harflar undosh harflar hisoblanadi. Ingliz tili alifbosi telefoningizning yozuv maydonchasida ham mavjud. Noaniq artikl sanasa böladigan (masalan: koptok, sumka, televizor va h.k) otlar oldidan qöyiladi. Artiklning tarjimasi yöq. Ammo köproq bitta manosiga tög'ri keladi. Chunki u gapda ishlatilayotgan otning miqdori 1 ta bölsagina qöyiladi. Masalan: He is a pupil [hi is e pyupl] - U (bitta) öquvchi. Agar öquvchi 1 ta emas 2 ta bölsa artikl qöyilmaydi. Endi bir savol paydo böladi. Hösh 2 ta öquvchi deyish uchun nima qilamiz? Huddi özbek tilidagidek "son" va "lar" qöshimchasini qöshamiz. Faqat ingliz tilida "lar" qöshimchasining qöllanilishi ozgina boshqacharoq. Sonlarni ishlatishdan oldin sonlarni örganishimiz kerak. Oldin

http://ginekologiya.lark.ru/lessons/tezvaosoningliztili/sanashni_organamiz.html
class="article-content">

BU YERGA
kirib sonlar qanday yozilishi va öqilishini örganib oling. Men davom etaman. Özbek tilidagi "lar" köplik qöshimchasi ingliz tilida "s" harfiga tög'ri keladi. Misol keltiraman: We are pupils [vi a pyupls] - Bizlar öquvchilarmiz. Körib turganingizdek "s" harfini otdan keyin qöshdim. Agar otning nechtaligi malum bölsa uni otdan oldin yozamiz. Yana bir misol: They are five (5) boxes. [zey a fayf (5) bökses] - Ular 5 ta qutilar. Nega "box" söziga "es" qöshganimni topib köringchi. Nega özbek tilidan sal boshqacharoq deganimni endi tushundingizmi? Chunki "s" otga qarab qöshiladi. Agar ot o, s, x, z, ch, sh harflari bilan tugasa otga "es" qöshamiz. Masalan: glass - glasses, box - boxes; Agar ot f harfi bilan tugasa "f" harfini tashlab yuborib örniga "ves" qöshamiz. Masalan: leaf - leaves; Agar ot y harfi bilan tugasa köplik hosil qilish uchun "y" harfini olib tashlab örniga "ies" qöshamiz. Masalan: cherry - cherries;
(Bazida istisno holatlar ham bölishi mumkin.)
Menimcha bugungi dars ham tushunarli böldi. Endi pastni diqqat bilan öqing.

Mana döstlar bugun kirish qismi yakunlandi. Keyingi darsdan asosiy mavzularni boshlaymiz. Endi esa sizga shu joyga kelganda bir savol beraman. Sizga darslarimning foydasi bölayaptimi? Darslar sizga yoqayaptimi yoki siz uchun qiziqarsizmi? Bilasiz barcha darslarni özim yozib chiqayapman. Java teldaman. Barchasi qöl mehnatim. Masalan shu darsni tayyorlashga bir yarim soatdan köp vaqtim ketdi. Ketkazayotgan vaqtimga achinmayapman. Ammo odamlar shunchaki köz yugurtirib qöyayotgan bölsa boshlamasdan tugatganim maqul. Shuning uchun sizlarning fikringizni bilmoqchiman. Iltimos ovoz bering. Marhamat bulardan birini tanlang:

UzMasterS.Ru - Universal, Master Forum

Powered by Bahh Tee, master forum, master chat, master download, master codes

http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?raxmat&postid=158016
class="article-content">

Shaxsan men uchun foydasi katta bölyapti. Darslarni davom ettiring.


UzMasterS.Ru - Universal, Master Forum

Powered by Bahh Tee, master forum, master chat, master download, master codes

http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?liked&postid=158016
class="article-content">

Menimcha kimgadur, qachondur foydasi tegib qoladi.


UzMasterS.Ru - Universal, Master Forum

Powered by Bahh Tee, master forum, master chat, master download, master codes

http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?disliked&postid=158016
class="article-content">

Yaxshisi darslarizni töxtating. Hech kimga foydasi tegmayotgandan keyin bekordan post köpaytirganizni foydasi yöq.

Oxirgi o'zgarish: Brigand (18 Oct 2018, 22:34)
Ijobiy (2): fokuschi, Shuhrat10,
Raxmat aytdi (3): fokuschi, Tayotabek, MasterOS,
34. ABDULKOSIM (4) [off] | TXT | 13| 18 Oct 2018, 22:38
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
35. Agronom (15) [off] | TXT | 34| 19 Oct 2018, 13:54
Agar mingta odam "foydasiz mavzu, to'htating" desayam siz davom etavering. Odamlar pul to'lab o'rganadigan bilimlarni tekinga beryabsiz. Davom etavering.
Ijobiy (1): Brigand,
Salbiy (1): Diamond,
Raxmat aytdi (1): Brigand,
<<<1234567>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2883
Mavzuga oid xabarlar soni: 46 ta
So'ngi faollik vaqti: 25 Jan 2019, 12:12
Mavzuni ko'rishgan: 78 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 226 (0/226)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru