ILM-FAN
|
Chet tillari
|
Mavzu:
Briganddan ingliz tili darslari (0 dan boshlab)
Mavzu fayllari
(0)
Darslarni kuzatib borayotgan döstlarimga salom! 2-darsni tushundingiz degan umiddaman. Tushunmagan bölsangiz bemalol sörashingiz mumkin. Tushungan bölsangiz 3-darsga marxamat. :) Ananaga sodiq qolgan holda darsni yangi sözlar bilan boshlasak. [php]New words book [bu:k] - kitob flower [flövr] - gul door [du:r] - eshik window [vindöv] - deraza, oyna sun [san] - quyosh teacher [tichr] - öqituvchi pupil [pyupl] - öquvchi doctor [döktr] - shifokor boy [böy] - ög'il bola girl [görl] - qiz bola read [rid] - öqimoq (kitobni) study [stadi] - talim olmoq, öqimoq, örganmoq (bilim yurtlarida yani maktab, kollej va h.k.) build [b(u)ild] - qurmoq destroy [destroy] - buzmoq cut [kat] - kesmoq[/php] Ötgan darsda fellar orqali gaplar tuzishni örgandik. Bugun felsiz gaplar tuzamiz. Felsiz? Ingliz tilida felsiz gap tuzish imkonsiz. Hösh unda nima qilish kerak? Gapda fellar mavjud bölmagan hollarda to be [tu bi] yordamchi felidan foydalanamiz. Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol keltiraman. [b]Men öquvchiman.[/b] Hösh sizningcha bu gap ingliz tilida qanday böladi? Körib turganingizdek ushbu gapda fel qatnashmagan. [php]I [b]am[/b] a pupil. [ay em e pyupl.] - men öquvchiman.[/php] Bu gapda to be "am" ["em" öqiladi] ekanligini tushundizgiz. Unda bu gapdachi: [php]He [b]is[/b] a boy. [hi is e böy.] - u ög'il bola.[/php] Bu gapda esa sezganingizdek to be "is" yordamida ifodalangan. [php]You [b]are[/b] a teacher. [yu a e tichr.] - siz öqituvchisiz.[/php] Bu gapda to be "are". Demak sezganingizdek to be feli foydalanilganda fel örnida [b]am, is, are[/b] qöshimchalaridan biri qöyiladi. Albatta istalgan gap uchun bularning istalgan biri qöyib qöyilmaydi. To bening qöyilishi egaga bög'liq. Ega [red]I bölganda "am"[/red] [green]You bölganda "are"[/green] [blue]He, She, It bölganda "is"[/blue] [yellow]We, You, They bölganda "are"[/yellow] to be fellari qöyiladi. Yana misollar keltiraman. [php]I am a worker; He is an architector; They are boys.[/php] Misollarda körib turganingizdek am, is, are bular to be fellari. Ammo "a" va "an" lar nima? Nega birinchi gapga "a"; ikkinchi gapga esa "an" qöydim? Uchinchi gapda esa "a" ham "an" yöq? Lekin boy söziga "s" harfi qöshilgan? Bu nega kerak? Shu va shunga öxshash savollarga keyingi darsda javob olamiz! Sizga topshiriqlar: Sözlarni yod oling. Mustaqil tarzda fel qatnashmagan gaplar tuzing. Hozircha esa Brigand [b]See you[/b] [si: yu] yani körishguncha deb qoladi. :)
Yuklab olish
Onlayn 318 (0/318)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa