ILM-FAN
|
Chet tillari
|
Mavzu:
Briganddan ingliz tili darslari (0 dan boshlab)
Mavzu fayllari
(0)
Assalomu alaykum. Darslarimiz davom etadi! 4-darsni boshlaymiz. Odatga aylanib qolgan sözlarni yozishdan oldin bir savol sizga. Siz darslarning boshida yozilayotgan sözlarni doimiy tarzda yod olib borayapsizmi? Agar yodlamayotgan bölsangiz darslar davomida albatta tushunmovchiliklar paydo böladi. Shuning uchun sizlardan iltimos va talab: har bir darsning sözlarini yodlab boring. Bu sözlardan darslar davomida foydalanamiz. Demak bugungi sözlar bilan tanishing: [php]apple [ep:l] - olma umbrella [ambrel:a] - soyabon watch [vach] - qöl soati knife [nayf] - pichoq glass [gles] - shisha idish ball [böl] - koptok shelf [shelf] - shkaf cherry [cherri] - gilos box [böks] - quti[/php] [b]Bugungi mavzu: Artikl (noaniq artikl) va otlarning köplik shakli[/b] Artikl sözini mavzuda körib hayron bölgan bölsangiz kerak-a? Artikl nima özi? Hmm. :nima: Buni qanday tushuntirishni ozgina öylanib turibman. .dum. Artikl bu otlar oldidan ishlatiladigan qöshimchadir. Artikl 2 ga bölinadi. 1) Aniq va 2) Noaniq artikl. Aniq artikl bu [b]the ["z" öqiladi][/b]. Aniq artikl katta mavzu. U hozircha bizga kerak emas. U haqida keyinroq töxtalamiz. Biz bugun noaniq artikl haqida gaplashamiz. Noaniq artikl [b]a[/b] va [b]an[/b]. Noaniq artikl sanaladigan otlar oldidan ishlatiladi. Gapda narsaning miqdori bitta bölsa "a" yoki "an" noaniq artiklidan biri qöyiladi. (ötgan darsning oxirida noaniq artikl ishlatilgan gaplarga bir qancha misollar keltirganman. Qarab köring.) Hösh gapda "a" ni qöyamizmi yoki "an" nimi? Artiklning qöyilishi özidan keyin keluvchi otga bog'liq. Agar artikldan keyingi ot unli harf bilan boshlansa "an" qöyamiz. Agar undosh harf bilan boshlansa "a" qöyamiz. Ingliz tilida 6 ta unli harf bor. Bular: [red]a, e, i, o, u, y[/red] harflaridir. Qolgan barcha harflar undosh harflar hisoblanadi. Ingliz tili alifbosi telefoningizning yozuv maydonchasida ham mavjud. Noaniq artikl sanasa böladigan (masalan: koptok, sumka, televizor va h.k) otlar oldidan qöyiladi. Artiklning tarjimasi yöq. Ammo köproq [b]bitta[/b] manosiga tög'ri keladi. Chunki u gapda ishlatilayotgan otning miqdori 1 ta bölsagina qöyiladi. Masalan: He is a pupil [hi is e pyupl] - U (bitta) öquvchi. Agar öquvchi 1 ta emas 2 ta bölsa artikl qöyilmaydi. Endi bir savol paydo böladi. Hösh 2 ta öquvchi deyish uchun nima qilamiz? Huddi özbek tilidagidek "son" va "lar" qöshimchasini qöshamiz. Faqat ingliz tilida "lar" qöshimchasining qöllanilishi ozgina boshqacharoq. Sonlarni ishlatishdan oldin sonlarni örganishimiz kerak. Oldin [url=http://ginekologiya.lark.ru/lessons/tezvaosoningliztili/sanashni_organamiz.html]BU YERGA[/url] kirib sonlar qanday yozilishi va öqilishini örganib oling. Men davom etaman. Özbek tilidagi "lar" köplik qöshimchasi ingliz tilida "s" harfiga tög'ri keladi. Misol keltiraman: We are pupil[blue]s[/blue] [vi a pyupls] - Bizlar öquvchi[blue]lar[/blue]miz. Körib turganingizdek "s" harfini otdan keyin qöshdim. Agar otning nechtaligi malum bölsa uni otdan oldin yozamiz. Yana bir misol: They are five (5) boxes. [zey a fayf (5) bökses] - Ular 5 ta qutilar. Nega "box" söziga "es" qöshganimni topib köringchi. Nega özbek tilidan sal boshqacharoq deganimni endi tushundingizmi? Chunki "s" otga qarab qöshiladi. Agar ot [b]o, s, x, z, ch, sh[/b] harflari bilan tugasa otga "es" qöshamiz. Masalan: glass - glasses, box - boxes; Agar ot [b]f[/b] harfi bilan tugasa "f" harfini tashlab yuborib örniga "ves" qöshamiz. Masalan: leaf - leaves; Agar ot [b]y[/b] harfi bilan tugasa köplik hosil qilish uchun "y" harfini olib tashlab örniga "ies" qöshamiz. Masalan: cherry - cherries; (Bazida istisno holatlar ham bölishi mumkin.) Menimcha bugungi dars ham tushunarli böldi. Endi pastni diqqat bilan öqing. [b]Mana döstlar bugun kirish qismi yakunlandi. Keyingi darsdan asosiy mavzularni boshlaymiz. Endi esa sizga shu joyga kelganda bir savol beraman. Sizga darslarimning foydasi bölayaptimi? Darslar sizga yoqayaptimi yoki siz uchun qiziqarsizmi? Bilasiz barcha darslarni özim yozib chiqayapman. Java teldaman. Barchasi qöl mehnatim. Masalan shu darsni tayyorlashga bir yarim soatdan köp vaqtim ketdi. Ketkazayotgan vaqtimga achinmayapman. Ammo odamlar shunchaki köz yugurtirib qöyayotgan bölsa boshlamasdan tugatganim maqul. Shuning uchun sizlarning fikringizni bilmoqchiman. Iltimos ovoz bering. Marhamat bulardan birini tanlang:[/b] [url=http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?raxmat&postid=158016]Shaxsan men uchun foydasi katta bölyapti. Darslarni davom ettiring.[/url] [url=http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?liked&postid=158016]Menimcha kimgadur, qachondur foydasi tegib qoladi.[/url] [url=http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?disliked&postid=158016]Yaxshisi darslarizni töxtating. Hech kimga foydasi tegmayotgandan keyin bekordan post köpaytirganizni foydasi yöq.[/url]
Yuklab olish
Onlayn 274 (0/274)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa