ILM-FAN
|
Ilm fan taraqqiyoti
|
Mavzu:
Рамазон Ойи
Mavzu fayllari
(0)
Bugun Ramazon oyining eng fazilatli, eng afzal kechasi.. Qadr kechasidir… 11-iyundan 12-iyunga oʻtar kechasi.! Islom dinida Qur’oni Karim nozil qilina boshlagan Qadr kechasi, “sharaf va ulug’lash, hukm va taqdir kechasidir. Duolar va tovbalar qabul qilingan muqaddas kechadir”. Islom diniga ko’ra Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir va u kecha Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasidir. Islom dinida Qur’oni Karim nozil qilina boshlagan Qadr kechasi, “sharaf va ulug’lash, hukm va taqdir kechasidir. Duolar va tovbalar qabul qilingan muqaddas kechadir”. Qolaversa Qur’oni Karimda nomi zikr qilingan yagona va eng afzal kecha sifatida o’rin olgan. Qur’oni Karimda Qadr kechasi quyidagicha marhamat qilinadi: “Albatta biz u (Qur’on) ni Qadr kechasida nozil qildik. Qadr kechasining nima ekanligini siz qayerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan ham yaxshiroqdir. U kechada farishtalar va Jabroil alayxissalom Olloxning izni va ixtiyori bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan tusharlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir”. Sizga ham eslatib oʻtishni joiz topdim.!
Yuklab olish
Onlayn 221 (0/221)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa