Mavzu: psixologiya
1. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 19| 15 Jul 2017, 15:35
Psixologiya(psixo... va ...logiya) — inson faoliyati va hayvonlar xattiharakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. P.ning tadqiqot predme-tiga sezgilar va idrok obrazlari, ta-fakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kate-goriyalar kiradi. P.ning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik tarak,-qiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda P. bir tomondan, biol. fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. P. eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) tal-qin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) P. yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar P. rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, P. A. Golbax, D. Didro P.da bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. P. 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 yil dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi.
Ijobiy (1): PARICHA,
Raxmat aytdi (1): PARICHA,
2. Inson (174) [off] | TXT | 19| 15 Jul 2017, 15:53
Bu fanni uncha bilmas ekanman
3. Yandex (112) [off] | TXT | 19| 15 Jul 2017, 15:56
Psixalogiya fanini jidiy qabul qilmaganman chunki dunyoda Milliardlab odam bor psixalogiya esa o'sha Milliardlab odamni bir nechta turga yoki xarakter tuzilishiga bo'lib chiqgan bu manga unchalik yoqmaydi chunki shuncha odamga fikr bildirish qiyin shunday odamlar borki ularga deyarli psixologik tashxis qo'yib bo'lmaydi bullarni shifokorlar ikki turga bo'lishgab jinni va sog' ))) :kozz:
Ijobiy (1): PARICHA,
Salbiy (2): Prince_Abdul, NafisGroup,
4. Inson (174) [off] | TXT | 19| 15 Jul 2017, 16:12
Odam psixologiyasi juda murakkab
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
5. PARICHA (24) [off] | TXT | 19| 15 Jul 2017, 16:17
Odam ichki dunyosni kechinmalarini har kim ham wunmasligi har bitda odamni oz dunyosi bor buni organiz uni dunyosga kiriw ham bir maxorat
Ijobiy (2): Prince_Abdul, ExcLusive,
6. Yandex (112) [off] | TXT | 19| 15 Jul 2017, 16:22
PARICHA (15 Jul 2017, 16:17):
Odam ichki dunyosni kechinmalarini har kim ham wunmasligi har bitda odamni oz dunyosi bor buni organiz uni dunyosga kiriw ham bir maxorat
PARICHA, buning uchun bizning o'zbek ayolariga yetadigani yo'q chunki shuncha yil yashab erining psixalogiyasini 100% o'rganib ketishadi o'zbeklarda psixolog xam o'zimiz bilan ! :kozz:
Ijobiy (2): ExcLusive, PARICHA,
7. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 19| 15 Jul 2017, 16:24
Prixologiya judayam murakkab fan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1575
Mavzuga oid xabarlar soni: 20 ta
So'ngi faollik vaqti: 19 Apr 2018, 22:17
Mavzuni ko'rishgan: 19 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 189 (0/189)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru