Mavzu: huquqshunoslik (ILM-FAN/Ijtimoiy fanlar) ExcLusive (15 Jul 2017 15:36) Huquqshunoslik, yurisprudensiya — huquqii ijtimoiy nor-malarning alohida tizimi sifatida, huquqning alohida tarmoqlarini, davlat va huquq tarixini, davlat va umuman siyosiy tizimning faoliyatini oʻrganuvchi fan. H. — eng qad. ijti-moiy fanlardan biri. Uning tarixan vujudga kelishi huquqning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq-dir. Yunon falsafasidayoq H.ning eng muhim nazariy muammolari oʻrtaga tashlangan, rim huquqshunoslari esa huquqiy tushuncha va tuzilmalarni ishlab chiqqan edilar, bu tushuncha va tuzilmalar hozirgi davrda ham oʻz ahamiya-tini saqlab qolgan. Huquq muammolari hozirgi demokratik jamiyatda va huquqiy davlataa gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi, H. tuzilish jihatdan bir qancha tarmoklarga boʻlingan: davlat huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, davlat va huquq tarixi, siyosiy bilimlar tarixi. davlat va huquq mohiyatini, H.ning boshqa umumiy masalalarini oʻrganuvchi umumiy davlat va huquq nazariyasi fani alohida oʻrinda turadi.
H. umumiy nazariy fangina boʻlib qolmay, shu bilan birga amaliy fan ham hisoblanadi. Sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi, kriminalistika, kriminologiya, yuridik psixologiya va boshqa yurisprudensiyaning amaliy turi hisoblanadi.
H. fani inson dunyoqarashi, uning huquq va davlat toʻgʻrisidagi tasavvuri, tushuncha va bilimlari shakllanishida muhim rol oʻynaydi. H.ning gʻoyaviy taʼsiri insonning huquqiy madaniyati rivojlanishiga, huquq talablarini qadrlab, unga rioya etishiga yordam qiladi. Bu bilan jamiyatda huquqiy axloq va huquq-tartibot qaror topishiga imkon yaratadi. Inson (15 Jul 2017 15:52) Man ham shu fanga qiziqaman hozir haliyam yuridikalik instutga kirishga urinyabman ExcLusive (15 Jul 2017 16:37) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 15:52): Man ham shu fanga qiziqaman hozir haliyam yuridikalik instutga kirishga urinyabman ---------- Inson, yaxshi fan lekin. Inson (15 Jul 2017 16:38) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 16:37): Inson, yaxshi fan lekin. ---------- ExcLusive, ha dost konstitutsiya yodlolmayabman juda qiyin ekan Yandex (15 Jul 2017 16:55) Huquqshunoslik haqiqiy fanlardan biri xozirgi davrda insonga Real xayotida ancha yordam beradi! Xar joyni qilma orzu xar joyda bor toshu tarozu deyishganlari shuda :kozz:
PARICHA (15 Jul 2017 17:02) haq huquqni bilan odam xech qayerda xor bomedi bazi ja huquqparvarlar yozuv cizuv qivoradida wunisi acinarli .voyy. ExcLusive (15 Jul 2017 17:05) Huquqni bilgan insonning ishi doim 5 otaw (12 Apr 2018 16:36) HAR KIM UZ HUQUQ ERKINLIGIGA EGA :koz: Нарзулло (5 Dec 2018 07:13) Shu fandan olimpiadaga borgandim 2 orini egalagandim! :D Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/10/60/1576/