TELEFON VA OPERATORLAR
|
Mobil Operatorlar
|
Mavzu:
UCell
Mavzu fayllari
(7)
Aksiya shartlari Hurmatli abonentlar, "Istalgan raqam" aksiyasi shartlarini e’tiborga olishingizni so‘raymiz: 1. Aksiyaning amal qilish muddati – 2017-yilning 26-iyulidan to 2018-yilning 26-iyuligacha, yoki chiroyli raqamlar miqdorining chegaralanishi bilan. 2. Aksiya faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi. 3. Aksiyaga Ucell ofislarida yoki Kompaniya rasmiy dilerlarida ulanish mumkin. 4. Aksiyaning amal qilish davri mobaynida Ucell tarmog‘iga ulanish narxi va qoidalari o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Siz mana bu yerda batafsil bilib olishingiz mumkin. 5. Aksiya doirasida ulangan "Baxtli 25 BN", "Aniq BN" va "Omadli BN" tarif rejalarida hisob $0 ga tushishi bilan abonent raqami avtomatik tarzda Bloklangan holatga o‘tadi; bu holatda u 30 kungacha turishi mumkin. Agarda bloklangan paytidan keyingi 30 kun mobaynida abonent raqami Faol holatga o‘tkazilmasa, u holda abonent bilan tuzilgan "COSCOM" MChJ XK tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma bir tomonlama asosda bekor qilinadi. Bunda, bloklanganidan keyingi birinchi yetti kun davomida abonent bepul kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qila oladi. "Baxtli 25 BN", "Aniq BN" va "Omadli BN" tarif rejalarining qolgan barcha shartlarini Siz mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin. 6. Aksiya doirasida ulangan "Baxtli 25 BN", "Aniq BN" va "Omadli BN" tarif rejalari abonentlari uchun "Raqamni saqlab qolish" xizmati amal qilmaydi.
Yuklab olish
Onlayn 289 (0/289)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa