Mavzu: “Tezkor o‘tkazmalar” xizmati (TELEFON VA OPERATORLAR/Mobil Operatorlar) Nodirali (14 Sep 2018 20:50) [b]“Tezkor o‘tkazmalar” xizmati
1. Xizmat GSM tarmog‘idagi korporativ guruhga kirmaydidan jismoniy shaxs abonentlar uchun mavjud.
2. Pul otkazilgandan keyin abonent (pul o‘tkazgan) hisobida 4 210,35 so’mdan kam bo‘lmagan mablag‘ qolishi kerak.
3. Har bir muvafaqqiyatli pul o‘tkazmasi uchun xizmat narxi 168,41 so’mni tashkil etadi.
4. Bir kunlik maksimal pul o'tkazma miqdori 105 258,75 so'mni tashkil etadi (2017 yil 29 avgustdagi Markaziy bank kursi bo'yicha 25 AQSh dollari, 1 dollar = 4210,35 so'm).
5. Har bir pul o‘tkazmalari yeg‘indisi 1 (4 210,35 so'm), 2 (8 420,70 so'm), 3 (12 631,05 so'm), 4 (16 841,40 so'm), 5 (21 051,75 so'm) ga teng bo‘lishi kerak.
6. Pul o‘tkazish SMS orqali amalga oshiriladi.
7. Mablag‘ o‘tkazishni cheklash uchun “Tezkor o‘tkazmalarni taqiqlash” xizmatini o‘rnatish kerak. Buning uchun Filial ofisiga murojaat qilish yoki Call-сenterga (1099) qo‘g‘iroq qilish zarur, yoki USSD orqali amalga oshirish mumkin: *111*2*13*1#; xizmat holatini tekshirish: *111*2*13*2#. “Tezkor o‘tkazmalar” xizmatidan qayta foydalanish uchun “Tezkor o‘tkazmalarni taqiqlash” xizmatini o‘chirish kerak. “Tezkor o‘tkazmalarni taqiqlash” xizmatini o‘chirish Call Centerda, "Shaxsiy kabinet"da va / yoki kompaniyaning ofislarida amalga oshiriladi.
SMS orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish:
Mablag‘larni UZMOBILE boshqa abonentiga o‘tkazish uchun, pul o‘tkazayotgan abonent 999015 raqamiga quyidagicha SMS xabar yuborishi kerak: <mablag‘ qabul qilayotgan abonent raqami><pul miqdori>. Misol uchun, 998991234567 raqamli abonentga 12 631,05 so'mga teng mablag‘ yuborish uchun, yuboruvchi abonent 99015 xizmat raqamiga quyidagicha SMS xabar yuboradi: 998991234567 3 .
Boshqa abonentdan SMS orqali mablag‘ yuborishni so‘rash:
Mablag‘ yuborishni SMS xabar orqali so‘rash uchun abonent 999016 raqamiga quyidagicha so‘rov yuborishi kerak: <yuboruvchining telefon raqami> <pul miqdori>. Misol uchun, 998997654321 raqamli abonentdan 12 631,05 so'mga teng mablag‘ so‘rash uchun 999016 xizmat raqamiga quyidagicha SMS xabar yuborish kerak: 998997654321 3
Mablag‘ yuborish faqat mablag‘ yuboruvchi so‘rovni qabul qilganidan so‘nggina amalga oshiriladi. So‘rovni qabul qilish uchun pul o‘tkazayotgan abonent 999015 raqamidan kelgan so‘rovga javoban OK so‘zini SMS xabar tarzda yuborishi yoki 999015 raqamiga quyidagicha SMS xabar yuborishi kerak: <mablag‘ qabul qilayotgan abonent raqami><pul miqdori>.
Pul o‘tkazmalarni amalga oshirish faqat faol statusda mavjud.[/b]

Manba: www.1099.uz WaP_MaSTeR (15 Sep 2018 06:22) Mavzuga umuman tushunmadim hakker_n1 (13 Nov 2018 18:01) men ham umuman tushunmadim Gold (13 Nov 2018 18:36) Nimasiga tushunmaysizlar. Ucell perevodga o'xshagan xizmatku. Uzmobileda so'zda perevod qilinarkan. Shoxruh8143 (13 Nov 2018 19:21) [b]Gold,[/b] Boshqa operatorlarga ham oÊ»tkazsa boÊ»ladimi? Brigand (13 Nov 2018 19:33) --Javob-- Shoxruh8143 (13 Nov 2018 19:21): [b]Gold,[/b] Boshqa operatorlarga ham oÊ»tkazsa boÊ»ladimi? ---------- [b]Shoxruh8143,[/b] Yöq. Faqat uzmobiledan uzmobilega ötadi. Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/12/53/2861/