Mavzu: Pythonda sonlar 2-qism (Python dasturlash tili 8-dars)
1. Temurbek2021 (M) (17) [off] | TXT | 5| 16 May 2021, 23:32

Notice: Undefined variable: korsatish in /var/www/x_uzmaster/data/www/uzmasters.ru/sys/fnc/links.php on line 149

Notice: Undefined variable: korsatish in /var/www/x_uzmaster/data/www/uzmasters.ru/sys/fnc/links.php on line 149
Complex (kompleks sonlar)
Xuddi matamatika sohasidagi kompleks sonlarni Pythonda ham ishlatish mumkin:
x = 3+5j
y = 5j
z = -5j

print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))

Pythonda komleks sonlar ustida arifmetik amallarni butun va haqiqiy sonlar ustida bajarilgani kabi oddiy bajarish mumkin yani matematika kursida komleks sonlar ustida arifmetik amallar qanday bajarilsa xuddi shunga o`xshab bajariladi.(RASM_1)

Sonlarni o’girish
Sonlarni bir turdan boshqasiga osongina o’girish mumkin. Buning uchun int(), float(), complex() buyruqlari ishlatiladi:
x = 1 #int
y = 2.8 #float
z = 1j #complex

# int turidan floatga o'tkazish
a = float(x)

# float turidan intga o'tkazish
b = int(x)

# int turidan complexga o'tkazish
c = complex(x)

print(a)
print(b)
print(c)


Consolda yuqoridagi kod bizga quyidagi natijani beradi:
1.0
1
(1+0j)

Tasodifiy son (random moduli)
Tasodifiy sonni hosil qilish ichun Pythonda random buyrug’i kiritilgan. Hozir 1 dan 9 gacha bo’lgan sonlar oralig’idan tasodifiy sonni ekranga chiqaruvchi dasturni yaratamiz:

import random
print (random.randrange(1,10))

Bu modul har xil taqsimotlar uchun tasodifiy raqamlarni generatsiya qiladi. Eng ko`p qo`llaniladigan funksiyalari:
* Random() -[0.0, 1.0) yarim ochiq diapozondagi tasodifiy sonlarni generatsiya qiladi.
* Choice(s) - s ketma- ketlikdan tasodifiy elementni tanlab oladi.
* Shuffle(s) - s o`zgaruvchan ketma-ketlik elementlarini joyiga joylashtiradi.
* Randrange([start], stop, [step]) - renge(start, stop, step) diapozondagi tasodifiy butun raqamni chiqaradi. Choice(range(start, stop, step)) ga analogik holatda.
* Normalvariate(mu, sigma) - normal holatda taqsimlangan ketma-ketlikdan raqamni chiqaradi. Bu yerda mu- o`rtacha, sigma-o`rta kvadratli (sigma>0) sonlar

Boshqa funksiyalar va uning parametrlarini hujjatlashdan aniqlab olish mumkin. Modulda qandaydir holatga tasodifiy raqamlar generatorini joylashtirishga imkon beruvchi seed(n) funksiyasi ham mavjud. Masalan: agarda bitta tasodifiy raqamlar ketma-ketligidan ko`p marta foydalanishga ehtiyoj sezilsa.

RASM_1

Яндекс

Найдётся всё

https://disk.yandex.ru/i/9p5x4OR1dFRX2Q


Rasmlarning to`liq albomi:

Яндекс

Найдётся всё

https://disk.yandex.ru/d/G8m4kMvp8OVrfg


Rasmlar oldidagi linklarning sahifasiga o`tgandan keyin sahifani qayta yangilang!
Oxirgi o'zgarish: Temurbek2021 (16 May 2021, 23:33)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3597
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 16 May 2021, 23:32
Mavzuni ko'rishgan: 5 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 114 (0/114)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru