MULOQOT FORUMI
|
Erkin mavzular
|
Mavzu:
wm mаsterlik olаmigа qachon vа qаndаy kirib kelgаnsiz?
Mavzu fayllari
(0)
Men 8-sinf paytimda ya'ni 2015-yilda java telda juda ko'p offlayn narsalarni o'rganib mustaqil o'rganib olganman. Java tarjima qilish, java telda noldan dastur tuzish, mp3 teglarini o'zgartirish, kesish, foto taxrirlash, tema tuzish va mid formatli musiqa bastalash va hokazo, java telda HTML fayl tuzish (9-sinfda informatikadagi teglarni txt taxrirlovchi dasturlarda yozib html formatda saqlagandim, ishladi.) Keyin men shaxsiy fayllarimni biror saytga joylashtirish istagida bo'lganman. Bir marta zamonaviy.uz ga yozgandim. Javobni o'qimasdan off bo'ldim. O'shandan beri sayt qanday ochilar ekan deb izlanganman. O'qish bilan bo'lib 2 yil telesiz yurdim. 2017-yilda oktabr oylarida uzgamedan dastur yuklayotganimda error 404 da sozdat svoy sayt degan yozuvni ko'rib qolganman. Yarataman deb kirsam email so'radi. Sizda email yo'qmi unda hozir yarating degan yozuv chiqdi. Yo'llanma bergan mail registratsiyasi ishlamadi. Keyin uzgameni lark.ru saytlariga reklamalariga qiziqib bosib ko'rganman. Sayohat boshlandi... Har bir saytda rek bor. O'shanda kirmagan saytim qomagandi. Bir maqolada o'qib qolganman. Gmail.com haqida. Xullas sayt yaratdim. O'zi reja qilib yurardim sayt yaratsam qanday nom qo'yar ekanman deb ko'pchilikka kerakli so'z "o'yinlar"ni. O' ni "u" deb yozganlarni jinim suymasdi. Shuning uchun birinchi saytim nomi 6yinlar.lark.ru bo'lgan. 14-oktabr 2017 da ochganman. Keyin yana saytlarni aylanib adminlardan maslahatlar so'raganman. Keyin master24ni admini Ad1L 301javani dvijogini o'rnatib bergandi. (1000 so'm paynet qilgandim :)) . Hozirda xabaringiz bor shaxsiy dasturlarimni yaratmoqdaman. Men saytimga ko'p tanqidlar eshitaman. Sababi ko'proq vaqtimni dasturlashga fayllarni taxrirlashga sarf qilib saytimga qarashga vaqtim bo'lmaydi. Xullas wm olamiga 14.10.2017 da kirib kelganman. Hozirgacha ishlagan pulim minus 1000 so'm :) :)
Yuklab olish
Onlayn 238 (0/238)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa