Mavzu: UzCard orqali PayPal (MULOQOT FORUMI/Erkin mavzular) Djfayz (6 Jun 2018 20:10) UzCard orqali PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmati joriy qilinadi
Asia Alliance Bank bankomatlarda UzCard tomonidan ishlab chiqarilgan hamda PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish imkonini beradigan yangi dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.


Sinov jarayoni yakuniga yetgach, xizmatni boshqa banklar ham taqdim qiladi.

Onlayn hisobni naqd pul va plastik karta yordamida terminallar orqali, shuningdek, onlayn rejimda UzCard orqali to‘ldirish mumkin.

UzCard’ning Qiwi, “Yandeks.Dengi” va WebMoney bilan shartnoma imzolagani xabar qilingan. Kompaniya hozirda PayPal bilan muzokaralar olib bormoqda. PayPal O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan.

Hozircha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda PayPal’ga ulanmagan yagona mamlakat hisoblanadi. PayPal tizimining joriy qilinishi Prezidentning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi farmonida ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Oson servisi Web Money, “Yandeks.Dengi” va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmatini joriy qilgan edi. Linux (6 Jun 2018 20:20) Paypal dan krypto valyuta sotib olinadmi РЕЗИДЕНТ (6 Jun 2018 21:33) Kurs qanaqa
yana QQS 15% mi? Djfayz (6 Jun 2018 21:36) hali kumnarsa aniqmas bular hozcha tes rijimida ishlamoqda. Nurjan (6 Jun 2018 22:33) Bularning hammasi ishka tuchsa wmr sotaman deganlarham firiblarham qolmas edi KAROL (6 Jun 2018 23:13) Tezko ishga tushsa hammasi zo'r bo'ladi Djfayz (7 Jun 2018 08:44) ishga tushsin tezroq wmrning ham narxi tushadim MAGBEK (7 Jun 2018 10:30) Uzcard ga Webmoney Qiwi dagi pullarni yechib olishni xam yo'lga qo'yilsa yaxshi bo'lardi
[b]4.4 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
Djfayz, Xozrda wmr davlat kursi va undan past narxdaku Linux (11 Jun 2018 12:25) Rubl sotib olish uje ishga tushibdi webmoney.apk dan plastik kartani raqamini tersa notogri derdi hozir esa unday emas aliexpress uchun ham mastercard ochisi shart emas endi webmoney dan zakaz bersa boldi ya'ni to'lovni nazarda tutvomman Shoxruh8143 (17 Nov 2018 17:43) Agar shu ish bitsa, inglizcha pul ishlash saytlarida pul ishlash imkoniga ega boʻlamiz. Azamchik (18 Nov 2018 14:21) Paypalham ishlarkanmi Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/2/1/2642/