Mavzu: Bolalik gashti "hi tech"mi?
1. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 25| 25 Nov 2019, 08:02
Biroz kodlardan chekingan holda bolalikni esga olsak qarshiliklar bo‘lmaydimi? Qor yoqqanda ko'cha to'la bolalarni ko'rmayapman. Bolaligimizda qor yoqqanda yangi yil bayramidan ham ko'proq quvonardik. Qorbobo yasardik. Qorbo'ron o'ynardik. Kimdir uyidan eski chelak, kimdir cho'ltoq supurgi, kimdir sabzini bekitiqcha olib chiqardi. Qor bilan qoplangan tepaliklarning o'rtasida muzli yo'lakchalar hosil bo'lardi bir pasda.


Men hayron bo'laman. Bizku bolaligimizni eslashga arzigulik xotiralarimiz bor. Lekin hozirgi bolalarga qorbo'ronu varrakning, chillaku bekinmachoqning hech qizig'i yo'qdek.

Qor yog‘yapti jiyanlarimni hovlida qorbo‘ron qildim, menyosh bolayu ular kap katta, men qiyqirib qor otayabman, ular esa bizning tomog‘imiz og‘riydi nega qor otyabsiz deb qolsachi, bu qorbo‘ronku o‘ynamaysizlarmi desam menga jinnimisiz degandek uy uylariga kirib ketishdi kompyuter, planshet o‘yinlarini o‘ynab ''maaaazza'' qilishadi. Katta bo‘lganda nimani eslashadi ekan...
Oxirgi o'zgarish: Erkatoy (25 Nov 2019, 08:03)
Ijobiy (3): MasterOS, Arey, fokuschi,
2. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 23| 26 Nov 2019, 21:32
Men yoshligimda ukalarim va mahalladoshlar bollar bilan chana uchardik yig'ilgan barcha chanalarni bir-biriga qo'shib poyezd qilardik, ukalarim bilan uyda qorbobo yasardik 2 va 3 metr qilib, qorbo'ron o'ynardek har bittamiz alohida baza qilardik qordan va bir-birimizga otar edik rosa mazza qilardik. hoziram o'ynab turamiz katta bo'lsak ham.
Ijobiy (1): fokuschi,
3. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 23| 26 Nov 2019, 23:33
Prince_Abdul (26 Nov 2019, 21:32):
Men yoshligimda ukalarim va mahalladoshlar bollar bilan chana uchardik yig'ilgan barcha chanalarni bir-biriga qo'shib poyezd qilardik, ukal• • •
Prince_Abdul, Yaqin yillarda qorbo‘ron o‘ynab, qorbobo yasab, muzlagan asfaltda sirpanchiq uchadigan qor ham yog‘mayabdi menimcha, ammo nima bo‘lganda ham oldingidek shovqinli bolalik kamaygan guyo
Ijobiy (1): fokuschi,
4. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 22| 27 Nov 2019, 07:13
Erkatoy, Ha lekin qorbo'ron o'ynashga yetarlicha :)
5. fokuschi (765) [off] | TXT | 22| 27 Nov 2019, 07:59
Bizda 1-2 yildan beri qorbobo yasashga chiynada sirpanishga yaxshi qor yog'gani yo'q oldin rosa qor bo'ron o'ynab muzda uchar edik chiynada sirpanar edik ex hotiralarni eslash yaxshida shularni o'ylasam yoshligimni sog'inaman
6. MasterOS (1420) [off] | TXT | 22| 27 Nov 2019, 11:42
bu yerda hamma qorboron haqida yozyapti, Erkatoy buni shunchaki misol tariqasida yozgan, vaholanki hamma postda qorboron, yaxmalak, qorbola yasadik va hokazo haqida yozing deyilmagan. Bu erda tarbiyaviy, avvalgiday kocha tola bolalar yoq, shodon shodon qiy-chuvlar, qor otishlar, archa, yogayotgan yomgir, kamalak va hokazolardan zavqlanish yoqolib boryotganini aytgan. Yani zombilar kopaymoqda, teliga 10 ming pul solib netga kirib pornuxa, yoki gameloft, clash, pubg. Ertaga kim bolasan desa: E men militsiya bolaman, topvolgan gapi militsiya, oradan 15 yil otdi mikitsiya bolmoqchi bolgan bolakay nima qikishini bilmaydi, yol chetida qolda sigaret "voy, o mabu qizni vapshe kampot boldim"
*- shunchaki bu ertak emas, bu hikoya
Ijobiy (2): Arey, fokuschi,
7. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 22| 27 Nov 2019, 19:25
MasterOS (27 Nov 2019, 11:42):
bu yerda hamma qorboron haqida yozyapti, Erkatoy buni shunchaki misol tariqasida yozgan, vaholanki hamma postda qorboron, yaxmalak, qor• • •
MasterOS, Gaplariz ayni haqiqat (ijobiy bilan tasdiqlamoqchiydim ishlamayapti)

Bunday kelajakni tasavvur qilishga qo‘rqasan kishi
Ijobiy (3): MasterOS, Tayotabek, fokuschi,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3486
Mavzuga oid xabarlar soni: 11 ta
So'ngi faollik vaqti: 18 Dec 2019, 14:05
Mavzuni ko'rishgan: 28 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 166 (0/166)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru