Mavzu: Yunusobod tumani
1. BaDBoY (M) (896) [off] | TXT | 13| 23 May 2019, 22:07
Yunusobod tumani — T.dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936 yilda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992 yil may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.

Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qad. boʻlib, asli "Yunusrabot" deb atalgan. Bu oʻrinda "rabot" karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (qarang Rabot). Shimoliy tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shimoliy qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shimoliy tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.

Maydon 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydon 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subʼyektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 36,3%, qurilishda 64,2%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9% ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.

Sanoat korxonalaridan "Uzbekqishloqmash", "Yulduz" tikuvchilik, "Asbobsoz", "Raupxon" korxonalari; vagon taʼmirlash zavodlari, kitobjurnal fabrikasi, "Oʻzbekenergotaʼmir" ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan "Dilek interprays", "Aylin Gida Sanayi", "Aziya Silk" shoʻʼba korxonalari, "Rastr", "Supertekstil" korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor.

20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash institutlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, "Turkiston" kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, hayvonot bogʻi, "Interkontinental", "Dedeman Silk Road", "Sheraton" mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlanish va 467 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turipti. T.ning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydali maydon 5223 ming m2. Yunusobod tumani hududida T. metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005 yilgacha yana 3 stya (F. Xoʻjayev, "Yunusobod", "Turkiston")ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Ijobiy (1): YolGiZbeK,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3345
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 23 May 2019, 22:07
Mavzuni ko'rishgan: 13 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 147 (0/147)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru