MULOQOT FORUMI
|
Mening Yurtim
|
Mavzu:
Surxondaryo Viloyati !
Mavzu fayllari
(0)
Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubisharqida, Surxon-Sherobod vodiysidajoylashgan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 7 shaharcha (Angor, Doʻstlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yigʻini bor (2004). Markazi — Termiz shahri. Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 93,3 kishi. Shahar aholisi 364,8 ming kishi, qishloq aholisi 1509,9 ming kishi (2004).Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915 yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925 yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971 yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar katnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi temir yoʻllarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan. Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Mening Yurdim Bilan Faxrlanaman ! [b]9 soatdan so'ng qo'shdi...[/b] SURXONDARYO TABIATI ! Surxondaryo viloyati relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shimoliy, gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan. Yana bir koʻzga koʻringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlogʻidir. Qishloq oʻz polvonlari hamda sabzavotchilik, mevachilik hamda chorvachilikda eng ilgʻor xisoblanadi. Qishloq hamda mahallaning gullab-yashnashiga ulkan xissa qoʻshgan mahalla oqsoqoli Chorshanbiyev Begʻam bobo tumanining koʻzga koʻringan jonkuyarlaridan biridir. Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan Surxon Sherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanvarniki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq temperatura ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 yillarda Uchqizil, 1959— 62 yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproklar, togʻ yon bagʻrida turli xil boʻz tuprokdar. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Janubidagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yon bagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, nixatak); 1200–2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yon bagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arhar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp. Surxondaryo viloyati hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan. [b]6377dan so'ng qo'shdi...[/b] SURXONDARYO XO´JALIGI ! Yaqin oʻtmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi. yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik oʻrni qulay, mehnat resurslari ham yetarli. Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xoʻjaligi. (paxta va bugʻdoy yetishtirish, qoramolchilik va qoʻychilik), transport (ayniqsa, temir yo'l va avtomobil transporti) salmoqli oʻrin tutadi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft" boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash zavodlari, Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va boshqa Surxondaryo viloyatida 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan "Namaf" va "Afroʻz", "Surxonteks" va boshqa qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz "Farmed" qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz "Poʻlat" qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa)
Yuklab olish
Onlayn 157 (0/157)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa