Mavzu: Qashqadaryo (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) Erkatoy (24 May 2019 16:14) Qashqadaryo viloyati — OÊ»zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning jangÊ»arbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togÊ» sistemasining gÊ»arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togÊ»lari orasida. Shimoli-gÊ»arbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gÊ»arb va gÊ»arbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3088,8 ming kishi (3-o'rin) (2017). Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, YakkabogÊ», Qamashi, Qarshi, GÊ»uzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, YakkabogÊ», Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, GÊ»uzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski YakkabogÊ», Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigÊ»ini, 1064 qishloq bor (2005).[1]

Qashqadaryo viloyati
viloyat
Tarkibida
13 ta tuman
Maʼmuriy markazi
Qarshi
Yirik shaharlari
YakkabogÊ», Shahrisabz, Qarshi
Hokim
Roʻziyev Zafar Sharopovich
Rasmiy tili
oʻzbekcha
Aholi (2017)
3,088,800 (4-oʻrin)
Dinlar tarkibi
musulmonlar
Maydoni
7900 km²
Qashqadaryo viloyati xaritada
Soat mintaqasi
UTC+5
Kod ISO 3166-2
UZ-QA

Tabiati
Tahrirlash

Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q; mas, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar. Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigÊ»ini oÊ»z ichiga olgan; shim., sharq va jansharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togÊ»lari bilan oÊ»ralgan. TogÊ»lar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gÊ»arbda Sandiqli va Qizilqum choÊ»llari bilan tutashgan Qarshi choÊ»lidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155–160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oÊ»rtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°–29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura –20°. Yiliga tekisliklarda 290–300 mm, adirlarda 520–550 mm, togÊ»larda 550–650 mm yogÊ»in tushadi. YogÊ»in, asosan, bahor va qishda yogÊ»adi, yozda garmsel esadi. TogÊ»larda turgÊ»un qor qoplami hosil boÊ»ladi (2–6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290–300 kungacha. Asosiy daryosi – Qashqadaryo. Uning irmoqlari – Jinnidaryo, Oqsuv, YakkabogÊ»daryo, Tanxozdaryo, GÊ»uzordaryo (Katta va Kichik OÊ»radaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgÊ»ir va muzliklar suvidan toÊ»yinadi. Daryo suvidan, asosan, sugÊ»orishda foydalaniladi. ChimqoÊ»rgÊ»on, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, EskibogÊ», Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choÊ»lini oÊ»zlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. SugÊ»oriladigan yerlarning tuprogÊ»i, asosan, tipik va och boÊ»z tuproqlar. Kitob – Shahrisabz soyligida koÊ»proq qumoq tuproqlar mavjud. TogÊ»larda balandlik mintaqalari boÊ»ylab tipik boÊ»z tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oÊ»simlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oÊ»rmon mavjud. OÊ»rmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. TogÊ» yon bagÊ»irlari har xil oÊ»t oÊ»simliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. TogÊ» oÊ»rmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. TogÊ»larda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oÊ»sadi.

Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻoʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.

Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq (2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.


[b]2160dan so'ng qo'shdi...[/b]
Nasaf, Naxshab — Qarshi vohasida, Qashqadaryoning quyi oqimi boÊ»ylarida joylashgan oÊ»rta asr shahri va viloyati nomi. N. shahri Karshi shahridan 8 km shim.gÊ»arbdagi Shulluktepa shahar harobasi oÊ»rnida boÊ»lgan. 7—8-asrlarda N.da ot tasviri, G — belgisi va turkiy chehra hokim rasmi tushirilgan mis tangalar zarb qilingan. 8-asrning 2-yarmidan bu tangalar fels deb atalgan. Arablar istilosidan soÊ»ng N. viloyatning maʼmuriy markazi boÊ»lgan. N. oÊ»rta asrlarda 3 qismdan — ark, shahriston va raboddan tashkil topgan, mudofaa devori bilan oÊ»ralgan, 4 ta darvozasi — Buxoro, Samarqand, Kesh va Gubdin darvozalari boÊ»lgan. 10-asrda ark harobaga aylanib, hayot keng rabodda davom etgan. Hokim uyi va qamoqxona daryo boÊ»yidagi Rasal qantara — koÊ»prik boshi degan yerda joylashgan, jome masjidi rabodda, Gubdin darvozasi oldida boÊ»lgan, shahar bozor bilan hokim uyi oraligÊ»ida joylashgan. 14-asrda N. Qarshi nomini olgan. Sadriddin (27 May 2019 09:38) Qashqadoryoliklarni hammasi 3ta harf ekanda. Bari nonkor iflos ekanda. Kordilarmi bitta manqani ishi bilan butun qashqadaryo yomon bolib ketyapti :angry: Shahzodbek (8 Jun 2019 21:20) [b]ADMINKA,[/b] Vo qoyil :-P Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/2/66/3355/