Mavzu: Ona shaxrim Istaravshan
1. Нарзулло (M) (1108) [off] | TXT | 9| 24 May 2019, 18:15
Istaravshan (toj. Истаравшан; fors.
ﺍﺳﺘﺮﻭﺷﻦ ) — Tojikiston Respublikasi
Sugʻd viloyati Oʻratepa tumanidagi shahar (2002-yilgacha Oʻratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xovos (45 km). Iyul oyining oʻrtacha harorati 25°, yanvarniki — 2°. Yillik yogʻin 368 mm. Istaravshandan viloyat markazi Xoʻjand shahrigacha 73 km. Shahar markazidan Dushanba — Xoʻjand avtomagistrali (Shaxriston va Aizob dovonlari orqali) oʻtadi. Aholisi 57,4 ming kishi (2013).

Tarixi

Istaravshan Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, shaharning bunyod etilishi miloddan avvalgi 6-asrga toʻgʻri keladi. Istaravshanilk oʻrta asrlarda (5—9 asrlar) Oʻrta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi bilan Sangzordaryo oraligʻidagi hududni oʻz ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-gʻarbiy qismi va
Oʻzbekistonning Jizzax , Sirdaryo viloyatlari). Istaravshanning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Miloddan avvalgi 6-asrning 30-yillarida qadimgi Istaravshan hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II oʻz davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab 7 ta chegara qalʼasi qurdirgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 4-asrda Aleksandr bu qalʼalarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol kattik, qarshilik koʻrsatgan. Milodiy 5-asr oxiri — 7-asrda Istaravshan hududi
eftaliylar va Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Istaravshanni mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Istaravshan mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qoʻshib olingan. 893-yilgacha Istaravshanni xalifalik vassallari boʻlgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe boʻlgan. Istaravshan Oʻratepa nomi bilan dastlab Boburning " Boburnoma " asarida (16-asr) tilga olingan. 18-asrda mustaqil hudud sifatida maʼlum edi. Keyinchalik, Buxoro amirligi va
Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan.
1886-yil shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari egallagan [2] .
Shahar qadimdan Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashganligi bois
hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Istaravshanda jahon bozori tashkil etilgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3357
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 May 2019, 18:15
Mavzuni ko'rishgan: 9 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 176 (0/176)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru