Mavzu: Ona shaxrim Istaravshan (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) Нарзулло (24 May 2019 18:15) [b]Istaravshan[/b] (toj. Истаравшан; fors.
ﺍﺳﺘﺮﻭﺷﻦ ) — Tojikiston Respublikasi
SugÊ»d viloyati [red]OÊ»ratepa tumanidagi[/red] shahar (2002-yilgacha OÊ»ratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoÊ»l stansiyasi — Xovos (45 km). Iyul oyining oÊ»rtacha harorati 25°, yanvarniki — 2°. Yillik yogÊ»in 368 mm. Istaravshandan viloyat markazi XoÊ»jand shahrigacha 73 km. Shahar markazidan Dushanba — XoÊ»jand avtomagistrali (Shaxriston va Aizob dovonlari orqali) oÊ»tadi. Aholisi 57,4 ming kishi (2013).

[b]Tarixi[/b]

Istaravshan Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boÊ»lishicha, shaharning bunyod etilishi miloddan avvalgi 6-asrga toÊ»gÊ»ri keladi. Istaravshanilk oÊ»rta asrlarda (5—9 asrlar) OÊ»rta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning soÊ»l qirgÊ»ogÊ»i bilan Sangzordaryo oraligÊ»idagi hududni oÊ»z ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-gÊ»arbiy qismi va
OÊ»zbekistonning Jizzax , Sirdaryo viloyatlari). Istaravshanning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Miloddan avvalgi 6-asrning 30-yillarida qadimgi Istaravshan hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II oÊ»z davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning soÊ»l qirgÊ»ogÊ»i boÊ»ylab 7 ta chegara qalʼasi qurdirgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 4-asrda Aleksandr bu qalʼalarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol kattik, qarshilik koÊ»rsatgan. Milodiy 5-asr oxiri — 7-asrda Istaravshan hududi
eftaliylar va GÊ»arbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Istaravshanni mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Istaravshan mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qoÊ»shib olingan. 893-yilgacha Istaravshanni xalifalik vassallari boÊ»lgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe boÊ»lgan. Istaravshan OÊ»ratepa nomi bilan dastlab Boburning " Boburnoma " asarida (16-asr) tilga olingan. 18-asrda mustaqil hudud sifatida maʼlum edi. Keyinchalik, Buxoro amirligi va
Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan.
1886-yil shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari egallagan [2] .
Shahar qadimdan Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashganligi bois
hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Istaravshanda jahon bozori tashkil etilgan. Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/2/66/3357/