Mavzu: O'zimni Anjanimdan Qo'ymasin. (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) khan (24 May 2019 18:48) Andijon viloyati – OÊ»zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. FargÊ»ona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigÊ»ini bor (2000). Markazi – Andijon shahri. Andijon viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q.; masalan, Asaka tumani, Shahrixon tumani va boshqa OÊ»zbekiston mustaqillikka erishgandan soÊ»ng Andijon viloyatida, boshqa viloyatlarda boÊ»lgani kabi, boshqaruvning tarixiy va milliy shakli – hokimlik oÊ»rnatildi. Natijada hokimliklarda koÊ»proq mustaqillik, oÊ»z hududida oÊ»z hukmi va soÊ»zining taʼsirini oshirish, xoÊ»jalik va iqtisodiy boshqaruvda qatʼiyat bilan ishlash imkoniyatlari paydo boÊ»ldi. Hokimliklar hayotga hamda ishlab chiqarishga yaqinlashdilar. Andijon viloyati hokimi OÊ»zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqdanadi.Bugungi kunda Andijon viloyati hokimi Shavkat Abrmduraxmonov. Andijon viloyati Respublikada alohida ahamiyatga ega.[2]

Andijon viloyati
viloyat
Tarkibida
14 tuman
Maʼmuriy markazi
Andijon
Yirik shahari
Asaka, Xonobod, Qorasuv
Hokim
Shuhratbek Abdurahmonov
Aholi (2011)
4,232,300 (4-oʻrin)
Zichligi
636,26 kishi./km²
Dinlar tarkibi
musulmonlar, xristianlar
Maydoni
4 240 km² (13-oÊ»rin)
Andijon viloyati xaritada
Soat mintaqasi
UTC+5
Kod ISO 3166-2
UZ-AN
Telefon kodi
+998 74 [1]
Avtomobil raqami kodi
17 (eski uslubdagi 1998–2008),
60 – 69 (yangi uslubdagi 2008)
Rasmiy sayti
andijon.uz
[b]167dan so'ng qo'shdi...[/b]
Rasm
[b]8506dan so'ng qo'shdi...[/b]
Tabiati
Tahrirlash

Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toÊ»rtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boÊ»lgan. Viloyatning gÊ»arbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) FargÊ»ona va Olay tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. TogÊ» tkzmalari FargÊ»ona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toÊ»sib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oÊ»rtacha temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning oÊ»rtacha temperaturasi –3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 – 250 mm yogÊ»in tushadi. Av. OÊ»zbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogÊ»indan, togÊ»larlagi koÊ»p yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi – Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari – Moylisuv, OqboÊ»ra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugÊ»orish uchun ishlatiladi. Tuproklari boÊ»z, qoÊ»ngÊ»ir, oÊ»tloqi, oÊ»tloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oÊ»simliklar bilan qoplanaln. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoÊ»ra oÊ»simliklari, togÊ» yon bagÊ»irlarida pista, bodom oÊ»sadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.

Aholisining koÊ»pchiligini oÊ»zbeklar tashkil etadi. QirgÊ»izlar, Tojiklar, UygÊ»urlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli VA boshqalar ham bor. Rossiya QoÊ»qon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa kuchib kelgan. 1 km² ga oÊ»rtacha 517 kishi toÊ»gÊ»ri keladi. Milliy tarkibi: oÊ»zbeklar – 86,8 %, qirgÊ»izlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %, Qanglilar 2 % ,ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000). Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/2/66/3359/