Mavzu: Yon qo'shnim jon qo'shnim.!
1. RM_FANAT (M) (1035) [off] | TXT | 20| 24 May 2019, 19:44
Navoiy viloyati- Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, jan.dan Qashqadaryo, janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, Gʻozgʻon) va 53 qishlok fukarolari yigʻini bor (2003). Markazi — Navoiy shahri Tabiati. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koʻra, 3 qismga boʻlinadi: viloyatning shimoli-gʻarbiy qismini Qizilqum choʻli egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, Moʻlali, Mingbulok), eol qumli tekisliklar va qoldik togʻlar (Ovminzatogʻ, Yetimtogʻ, Boʻkantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togʻ tizmalarining gʻarbiy qismi past va oʻrtacha balandliklardagi togʻlar (Qoratogʻ, Oktogʻ va boshqalar) hamda togʻlararo botiqlar (Nurota botigʻi va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oʻrnashgan. Navoiy viloyatidagi togʻlar, asosan, silur, devon, toshkoʻmir, bur, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davrdagi kompleks tabiiy omillar taʼsirida oʻzgargan. Muruntovda oltin, Ovminzatogʻ shimolida grafit topilgan. Viloyatda volfram, fosforitlar, kvars qumi, sement, ohaktoshning zaxiralari mavjud. Navoiy viloyatida mineral shifobaxsh, shoʻr va yer osti chuqur suv zaxiralari aniqlangan. Chunonchi, Tomdibulok, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda keng foydalanilmoqda. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli zilzila zonasiga kiradi. Qizilkum choʻli tufayli iqlimi keskin kontinental choʻl iqlimi: yozi uzoq, quruq. issik, iyulda oʻrtacha temperatura 27,2—29,6°, kumda oftobda temperatura 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 1,9° dan —0,6° gacha. Choʻl va yaylovlarda, vohalarda iqlim oʻrtacha. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yillik yogʻin 125–282 mm. Vegetatsiya davri 177—212 kun. Navoiy viloyatining asosiy suv manbai — Zarafshon daryosi. Zarafshondan Konimex kanali chikarilgan. Navoiy viloyatini suv bilan taʼminlashda Quyimozor, Toʻdakoʻl suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta. Viloyatning shim. va gʻarbiy katta qismi koʻchma qum barxanlari, unda-bunda uchraydigan gilli choʻllardan iborat. Astragal, shuvok, shoʻra, isirik, qamish, zarpechak, saksovul, yulgʻun, va boshqa choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Choʻl tuproqlarida chirindi kam, ohak, gips, eruvchi tuzlar koʻp. Choʻl oʻsimliklari, ayniqsa, shoʻra, shuvoq kabilar qorakoʻl qoʻylari va boshqa mollar uchun ozuqa boʻladi. Bukantovda va Mingbuloq botigʻida qobon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, uzun dumli mushuk, choʻl mushugi, boshqa yerlarda malla yumronqoziq, kalamush, sichqon, sugʻur, sassiqkoʻzan, jayron, kaltakesak, turli xil ilonlar, toshbaqa, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq uchraydi.
Navoiy viloyati
viloyat
Maʼmuriy markazi Navoiy shahri
Yirik shahariNavoiy shahri
Boshqa yirik shaharlariNavoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlari
Asos solingan sanasi1982 yil
Qobul TursunovHokim
Aholi767,500 (4-oʻrin)
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni110,800 km²
Soat mintaqasi UTC 5
Kod ISO 3166-2UZ-NW
Telefon kodi 99879
Pochta indeksi210100
Internet domeniuz
Avtomobil raqami kodi85
Rasmiy sayti

http://navoi.uz/

Qizilqum choʻlida pastak koʻhna togʻlar, Mingbuloq botigʻi, shuningdek, Qaraqota havzasi, shoʻrxok tekisliklar va pastliklar, qator qum tepalari alohida manzara kashf etgan. Yaylovlarda chorva boqiladi. Saksovul, qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va shoʻralar chorva mollari uchun ozuqa.

Geografik joylashuvi
Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqumsahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8 ming km² ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gʻarbda Qoraqalpogʻiston, shimolda Qozogʻiston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryova Buxoroviloyatlari bilan chegaralanadi.

Tumanlar va Shaharlar
Navoiy viloyati hududi yetti qishloq tumanlariga boʻlingan. Bular quydagilar: Karmana, Konimex, Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa. Viloyatda oltita shahar mavjud: Navoiy, Uchquduq, Qiziltepa, Nurota, Zarafshonva Yangirobod. Uning maʼmuriy markazi Navoiy shahridir.
Oxirgi o'zgarish: RM_FANAT (24 May 2019, 19:45)
2. BahhTeeUz (4797) [4m] | TXT | 16| 24 May 2019, 23:06
Qayta-qayta bitta ma'lumotni yozilishi mumkinmikan?
Ko'chirishda ham insof bilanda...
3. RM_FANAT (M) (1035) [off] | TXT | 9| 25 May 2019, 04:45
BahhTeeUz (24 May 2019, 23:06):
Qayta-qayta bitta ma'lumotni yozilishi mumkinmikan?
Ko'chirishda ham insof bilanda...
BLACK_LION, O'zi men nima yozsam ham doim ko'chirmachilikga kiradi.! :grin: , bu forumda mendan boshqa odam yog'dek , sizning nazaringizda :grin:
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3362
Mavzuga oid xabarlar soni: 3 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 07:14
Mavzuni ko'rishgan: 20 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 178 (1/177)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru