Mavzu: Namangan Viloyati ! (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) MANSUR (24 May 2019 19:54) Namangan — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi Aholi soni boÊ»yicha FargÊ»onadan oldingi oÊ»rinda. OÊ»zbekistonning yirik shaharlaridan biri. FargÊ»ona vodiysining har jihatdan peshqadam viloyati. Vodiyning shim.da, Shim. FargÊ»ona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3 km². Iyulning oÊ»rtacha temperaturasi 26,3°, yanv.niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003). [1]
Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni ("Namak kon") yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining "Boburnoma" (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning ("Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi", Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.
XoÊ»ja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla QirgÊ»iz madrasasi (1911-12) va Ota Valixon toÊ»ra masjidi (20-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817—22 yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv taʼminoti yaxshilandi. 1842—45 yillarda shahar baland devor bilan oÊ»rab olingan. 1813—14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda shahar hokimining devor bilan oÊ»ralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. QoÊ»qon xonligi hukmronligining soÊ»nggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi boÊ»lib keldi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida FargÊ»ona maʼmuriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uyezd shaharlaridan biriga aylandi. 1894—95 yillarda uyezd muassasalari uchun davlat binolari quridsi. 20-asrning boshlarida Namangan OÊ»rta Osiyoning "eski" va "yangi" qismlardan iborat tipik shahriga aylandi. 1912 yilda shaharga QoÊ»qon tomonidan temir yoÊ»l oÊ»tkazildi. 1914 yil zavodlar soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yogÊ» zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22 tasi sanoat ishchisi boÊ»lgan. 1916 yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi boÊ»ldi (qarang Mardikorlik). Bolsheviklarning bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning kariyb 80%ida ish toÊ»xtab qoddi. Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor taʼmirlash, sut-yogÊ», konserva, gÊ»isht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq xoÊ»jaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng isteʼmol buyumlari va oziq-ov-qat mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab boÊ»ldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino va pivo zavodlari, yigiruv-toÊ»quv fabrikasi, taʼmirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi, tikuvchilik korxonasi, goÊ»sht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi. Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, ogÊ»ir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va kurilish sanoatlari rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan toÊ»la taʼminlash maqsadida 1946 yil Namangansoyda 2-GES kurildi. 1949 yilda markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, buldozer kabi qishloq xoÊ»jaligi mashinalari taʼmirlandi. OÊ»rta Osiyoda yagona elektrotexnika zavodi (sanoatda va roÊ»zgÊ»orda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi.
[b]2152dan so'ng qo'shdi...[/b]
Namangan respublikaning yengil va oziqovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik toʻqi-machilik korxonalari kurildi.

Shaharda 36 qoÊ»shma korxona mavjud. Shulardan, OÊ»zbekiston—Yaponiya "Silk Road", OÊ»zbekiston—Shveysariya "Nestle", OÊ»zbekiston — Turkiya "AsnamTekstil" va boshqa qoÊ»shma korxonalarning hissasi salmoqlidir. "Atlas", "NotoÊ»qimachi", "NamangangoÊ»shtsutsanoat", "NamanganekstraktyogÊ»", "Namanganmebel", "Namangandonmahsulot", "Mehmash", "Karbonam", korxonalari faoliyat koÊ»rsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va oÊ»rta biznes subʼyektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay oÊ»zgarib ketdi. Ilgarigi tor koÊ»chalar oÊ»rnida keng va ravon yoÊ»llar bunyod etildi. "Boburshoh", "DoÊ»stlik", "MargÊ»ilon", "Oromgoh", "Uychi" koÊ»chalari tubdan qayta taʼmirlandi. Namangan azaldan oÊ»zining hunarmandchiligi bilan nom qozongan. Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar boÊ»lib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar oÊ»z mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar oÊ»rnida "Chorsu", "DoÊ»stlik", "TaxtakoÊ»prik", "Shohbekat", "Jahon" singari zamonaviy bozorlar qad koÊ»tardi. Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, "Tinchlik" maydoni, Mashrab nomidagi bogÊ» bunyod etildi. Bobur bogÊ»i hududida "Xotira" maydoni barpo qilindi. Boburshoh koÊ»chasida akademik litseyning oÊ»quv binosi va yotoqxonasi, DoÊ»stlik koÊ»chasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. Sanʼat, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta taʼmirlandi va jihrzlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam koÊ»rsatish markazi, endokrinologiya, "Ona va bola" markazlari, koÊ»pgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushi-rildi. Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik kurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koÊ»chalarining uz. 1010 km. Trolleybus qatnovi yoÊ»lga qoÊ»yilgai. Xalqaro Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharga "OÊ»zdunrobita", "Kamalak — TV" va "DEU Yunitel" qoÊ»shma korxonalari xizmat kursatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va koÊ»pgina savdo va maishiy xizmat koÊ»rsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri. Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iktisodiyot litseyi, 51 umumiy taʼlim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002/2003 oÊ»quv yilida universitet va institutlarda 11129, oÊ»rta maxsus oÊ»quv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy taʼlim maktablarida 76801 oÊ»quvchi taʼlim oldi. Viruzbek (24 May 2019 23:00) Namanganda yashab shuncha malumotlarni bilmaa ekanman UmA (24 May 2019 23:38) Forumdoshlarni Namanganda yaqinlashib kelayotgan Gullar bayramiga taklif qilib qolamiz :D Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/2/66/3363/