MULOQOT FORUMI
|
Mening Yurtim
|
Mavzu:
Xojand viloyati
Mavzu fayllari
(0)
[b]Xoʻjand[/b] (1936-91 yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi [2] . Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Dushanbe shahrigacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 167,4 ming kishidan ko‘proq (2013), asosan, tojiklar va oʻzbeklar tashkil qiladi. [b]TARIXI[/b] Aleksandr Makedonskiyning Osiyoga yurishi Hoʻjand Oʻrta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan boʻlib, mil.av. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. av. 6—4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329-yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-asrning 2-yarmida Hoʻjand nomi bilan mashhur boʻlgan (Hoʻjand orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-asrda arab halifaligi, 13-asrda moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda Shayboniylar , soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1866-yilning 24-mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib olgan. Hoʻjand 1924-yilda Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston tarkibiga kirgan, 1929-yil dan Tojikiston tarkibiga oʻtkazilgan.
Yuklab olish
Onlayn 131 (0/131)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa