Mavzu: QUMQO'RG'ON TUMANI ! (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) MANSUR (27 May 2019 05:48) Qumqoʻrgʻon tuman !

Tarkibida; Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi; Qumqoʻrgʻon
Rasmiy tillar; Oʻzbek
Soat mintaqasi; UTC+5

QumqoÊ»rgÊ»on tumani- Surxondaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1977 yil 24 martda tashkil etilgan. Shim.dan Sariosiyo, jan. va jan.-gÊ»arbdan JarqoÊ»rgÊ»on, sharqdan Oltinsoy, ShoÊ»rchi, Uzun, shim.-sharqdan Denov, gÊ»arbdan Bandixon va Boysun tumanlari, jan.sharqdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km2. Aholisi 158,3 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (QumqoÊ»rgÊ»on), 1 shaharcha (Hurriyat), 8 qishloq fu-qarolari yigÊ»ini (Arslonboyli, jaloyir, Ketmon, Oqjar, Oqqapchi-gÊ»ay, Yuqori Kakaydi, OÊ»zbekiston, QumqoÊ»rgÊ»on) bor. Tuman markazi — KumkoÊ»rgÊ»on shahri Tabiati. Tuman hududi Surxon — Sherobod vodiysining markaziy qismida joylashgan, oÊ»rta qismidan shim. dan janub tomon Surxondaryo oqib oÊ»tadi. Relyefi, asosan, adirlardan iborat, Surxondaryo vodiysi gÊ»arbga (Sherobod — Sariqamish qirlari tomon) va sharqqa (BobotogÊ» tomon) asta-sekin koÊ»tarilib boradi. Foydali qazilmalardan Lalmikor neft koni, turli qurilish materiallari qazib olinadigan konlar bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi iliq, qisqa, yozi issiq, davomli. Yanv.ning oÊ»rtacha temperaturasi 3°, eng past temperatura —20°, —22°. Iyulning oÊ»rtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 48°. Yillik oÊ»rtacha temperatura 16°. Vegetatsiya davri 240—250 kun.

Yiliga oÊ»rtacha 190–200 mm yogÊ»in tushadi. Tuman hududidan Surxondaryo va uning mavsumiy oqimga ega boÊ»lgan oÊ»ng irmoqlaridan OqqapchigÊ»ay, Bandixon soylari oqib oÊ»tadi. Asosiy sugÊ»orish kanallari: Sherobod va BobotogÊ» mashina-magistral kanallari, OÊ»gÊ»riguzar nasos st-yasi va boshqa bor. Daryo terrasalari allyuvial boÊ»z tuproq. Surxondaryoning har ikkala tomonidagi adirliklarda qum tuproq, togÊ» etaklarida och tusli boÊ»z tuproqlar. Kserofit — efemeroid oÊ»simliklar oÊ»sadi. Daryo boÊ»ylarida qamish, qiyoq, yulgÊ»un, yantoq, qizilmiya, adirlarida betaga, noÊ»xatak, qoÊ»ngÊ»ir-bosh, shoshir, lolaqizgÊ»aldoq, qoÊ»zigul, togÊ» yon bagÊ»irlarida karrak, kovrak, kiyikoÊ»t, suv havzalarida har xil baliklar yashaydi. Tuman hududida Jan. Surxon suv ombori joylashgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 71 kishi. Sugʻoriladigan zonada oʻrtacha zichlik 1 km2ga 100 kishi chamasida.

XoÊ»jaligi. Muhim sanoat korxonalaridan "Surxon" temir-beton buyumlari k-ti, paxta tozalash, taʼmirlash-mexanika, asfalt-beton zavodlari, non kti bor. Jan. Surxon suv ombori boshqarmasi, Surxondaryo par-malash ishlari boshqarmasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neftni saklash va sisternalarga quy-ish estakadasi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koÊ»rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Kichik, oÊ»rta biz-nes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koÊ»rsatadi. Qishloq xoÊ»jaligi, asosan, gÊ»allachilik va paxtachilik, ingichka tolali paxtachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, polizchilik, sabzavotchilik, pillachilik ham rivojlangan. Tumanda shirkat, dehqon, fermer xoÊ»jaliklari, 3 chorvachilik majmuasi, "Sayxon" qorakoÊ»lchilik-naslchilik xoÊ»jaligi mavjud. BogÊ» va tokzorlar bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasbhunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogÊ»i, stadion bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, qishloq vrachlik va feldsher-akusherlik punktlari, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koÊ»rsatadi. Q.dan Toshkent — Dushanba temir yoÊ»l va Termiz — Dushanba avtomobil yoÊ»li oÊ»tgan. Yangi qurilayotgan Q. — Toshguzar — Boy-sun temir yoÊ»l ning 112 km qismida poyezdlar qatnaydi. Q.dan Termiz shahriga avtobuslar qatnovi yoÊ»lga qoÊ»yilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Bandixonsoy ustiga qurilgan qad. meʼmoriy koÊ»prik (gÊ»ishtdan) (1558—98 yillar) saqlanib qolgan. Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/2/66/3376/