UMUMIY BO'LIM
|
Kutubxona
|
Mavzu:
Hikoyalar
Mavzu fayllari
(0)
[b]Boylik[/b] Bir kuni boy kishi farzandiga kambag‘allikda yashash qanday bo‘lishini ko‘rsatmoqchi bo‘libdi. Uni chekka bir qishloqqa olib borib, u yerda bir necha muddat birga yashashibdi. Keyin uyga qaytishgach, ota o‘g‘lidan so‘rabdi: –Xo‘sh o‘g‘lim, kambag‘allikda yashash nima ekanligini tushunasanmi? –Ha ota! –Bizning sayohatimiz senga nimadir o‘rgatdimi? –Juda ko‘p narsa o‘rgatdi... –Masalan nima o‘rganding? –Men ulardek yaxshi va boy insonlarni hali uchratmaganimni tushundim! –Boy!? – ota hayron bo‘libdi. –Ha ota, boy. Qarang, bizning uyimizda bitta it yashaydi, ularnikida esa to‘rtta. Bizning dalahovlimizda basseyn bor, ularda esa keng dengiz. Bizda kichik bog‘, ularda esa cheksiz o‘rmon. Bizda tunni fonarlar yoritadi, ularda esa yulduzlar... –Axir, bizning oilamizda hamma narsa yetarli-ku! – ota yana savol beribdi. –Ko‘rinishidan shunday… Bizga har doim nimadir yetishmaydi, ular esa boriga qanoat qilishadi. Biz ular oldida kambag‘alroqmiz... . Oqayiq.uz saytidan olindi.
Yuklab olish
Onlayn 177 (0/177)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa