UMUMIY BO'LIM
|
Kutubxona
|
Mavzu:
Qo'shiqlar matni
Mavzu fayllari
(2)
Zangor o`rmon bag`rida Mag`rur o`sgan, oqqayin. Senga keldim atayin, Kel, qo`shig`im aytayin Seni ko`rdim, esladim, Oqbilak malagimni Yoshlikning tor yo`lida Yo`qotgan tilagimni. Zangor o`rmon bag`rida Mag`rur o`sgan, oqqayin. Xavasim kelar senga Oh, go`zalim, oqqayin, Sochlaringni siypalab Dardim senga aytayin. Zangor o`rmon bag`rida Mag`rur o`sgan, oqqayin. Bag`ritoshlar bor hali Qilmishlari atayin, Indamasang tanagga Bolta urishi tayin. Ehtiyot bo`l qayinjon Ular sani kesmasin Tanangni yog`och qilib Barging xazon etmasin Zangor o`rmon bag`rida Mag`rur o`sgan, oqqayin. Senga keldim atayin, Kel, qo`shig`im aytayin Seni ko`rdim, esladim, Oqbilak malagimni Yoshlikning tor yo`lida Yo`qotgan tilagimni.
Yuklab olish
Onlayn 246 (0/246)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa