Mavzu: Uyatli tush Shaytoniy tush nima (ehtilom)?
1. TJboy (M) (380) [off] | TXT | 18| 28 Aug 2017, 13:38
UYATLI TUSH NIMA?

Kechasi shahvoniy tush ko'rish natijasida shahvatning ajralib chiqishi EHTILOM yoki tibbiyot tillida POLLYUTSIYA deb ataladi. “Pollyutsiya”so'zi yunonchadan olingan bo'lib, “bulg'anish, kirlanish” degan ma'noni bildiradi. O'smirlarda dastlabki ehtilom 14-16 yoshda kuzatiladi. Lekin bir oz ilgariroq yoxud kechroq sodir bo'lishi ham mumkin. Tungi ehtilom o'smirning balog'atga etganidan darakdir. Ammo bu bilan o'smir jinsiy hayotga tayyor deb bo'lmaydi, chunki uning organizmi hali o'sishda davom etyapti. Me'yoriy tungi ehtilom muntazam jinsiy aloqagacha haftasiga bir-ikki marta sodir bo'ladi, shirin tushlar, lazzatlanish bilan kechadi va kishini tetiklashtiradi. Ba'zida uylangan yigitlarda ham ma'lum sabablarga ko'ra muntazam jinsiy aloqadan uzilib qolsalar, ehtilom yuz beradi. Umuman, jinsiy bezlarda urug'lik suyuqliklari paydo bo'ladi, to'planaveradi va agar undan jinsiy yaqinlik yo'li bilan ozod bo'linmasa, ehtilom yuz beradi. Me'yoriy ehtilom jinsiy tiyilishni yengillashtiradi, asab-jinsiy markazlari ishini engillashtirib turadi. Ehtilomning oraliq muddati sog'lom kishilarda turlicha bo'ladi. Ayrim o'smirlarning jinsiy munosabatlar haqida ko'p o'ylashi, shu mavzudagi gap-so'zlar, fil m va adabiyotlarga berilishi natijasida ehtilom tez-tez yuz berishi mumkin. Agar ehtilom bir kunda bir necha marotaba yoki kunora yuz bersa, bulg'anishdan so'ng tetiklanish emas, balki lanjlik sezilsa shifokorga murojaat etgan ma'qul. Ehtilom kunduzi, uyg'oq holda ham ro'y berishi mumkin. Bunday ehtilom ADEKVAT va NOADEKVAT turga bo'linadi. Adekvat ehtilom silab-siypalash, quchoqlash, o'pish natijasida sodir bo'ladi. Ba'zida ayol kishining harakati shahvoniy bo'lmasligi mumkin, masalan, ayol sartaroshning harakatlari, bexosdan teginib ketish, qo'l berib so'rashish natijasida ayrim o'smirlarda ehtilom yuz berar ekan. Noadekvat ehtilom esa shahvoniy qo'zg'alish natijasida emas, ijobiy ta'sirotlar (tomoshada keskin, zo'riqib kulish) yoki salbiy ta'sirotlar (keskin qo'rquv) natijasida kamdan-kam hollarda uchraydi. Agar kunduzgi ehtilom tez-tez takrorlanaversa, shifokor bilan maslahatlashishga to'g'ri keladi. Musulmonchilik odobiga ko'ra, ehtilomdan so'ng g'usl qilib, poklanish kerak. Buni tibbiyot ham ma'qullaydi. Abdusodir Ashurov, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi
Ijobiy (1): BlackCat,
Salbiy (1): Ashurov,
2. acer_e15 (52) [off] | TXT | 18| 28 Aug 2017, 13:46
zo'r
3. Nodirali (1720) [off] | TXT | 18| 28 Aug 2017, 13:49
:zorr:
4. SwMaster (31) [off] | TXT | 18| 28 Aug 2017, 14:02
18+ :koz:
5. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 18| 28 Aug 2017, 14:15
:zorr: :zorr: :zorr:
Ijobiy (1): NafisGroup,
Raxmat aytdi (1): NafisGroup,
6. Ashurov (2636) [off] | TXT | 18| 28 Aug 2017, 14:20
Ko'z ko'rmagan quloq eshitmagan mavzu bo'pti
Salbiy (1): TJboy,
7. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 18| 28 Aug 2017, 14:43
Tibbiyotda bor faqat maktabni bitirganlarga. Mavzuni yopa olmayman chunki bu narsa ehtimoliy barchada bo'ladigan hodisa.
Ijobiy (2): TJboy, Prince_Abdul,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1774
Mavzuga oid xabarlar soni: 37 ta
So'ngi faollik vaqti: 14 Jan 2020, 20:11
Mavzuni ko'rishgan: 46 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 159 (0/159)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru