Mavzu: Har xil she'rlar
8. Gegemon (85) [off] | TXT | 30| 10 Aug 2017, 09:17
Nodirali (10 Aug 2017, 09:04):
Gegemon, ochig'i tushinmadim. Nima bu?
Arab Ali, she'r :koz:: boshqa narsaga ham o'xshaydimi_yo ?
9. Nodirali (M) (1720) [off] | TXT | 30| 10 Aug 2017, 09:24
Gegemon (10 Aug 2017, 09:17):
Arab Ali, she'r :koz:: boshqa narsaga ham o'xshaydimi_yo ?
Gegemon, bilmadimda.
10. Gegemon (85) [off] | TXT | 30| 10 Aug 2017, 09:28
Nodirali (10 Aug 2017, 09:24):
Gegemon, bilmadimda.
Arab Ali, bu she'rni ko'pincha men qizlarga yozardim :kozz:
11. Uzsputnik (40) [off] | TXT | 30| 10 Dec 2017, 06:29
Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro'ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So'ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo'lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so'nmasin aslo.
Sportmi yo san'atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma'naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne'matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O'qib o'rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
12. Dilmurod_TJK (19) [off] | TXT | 30| 23 Jan 2018, 18:29
Sevdim o'zim
Sevdi ko'zim
Yurakdagi
So'ngi so'zim
Kutganimda kelmadingku
Ko'zlaringda ko'rmadingku
Ko'rsang men ham turar edim
Xayolingda yurar edim
Endi meni kim eslaydi
Eslasharku ketganimda
Qay manzilga yitganimda
Manzil uzoq yitamanku
Bu bevafo dunyolardan
Bir kun kelib ketamanku
13. Dilmurod_TJK (19) [off] | TXT | 30| 23 Jan 2018, 18:30
Izlaganda bahtini
Topolmagan insonlar
Yillab sevib sevgisiga
Yitolmagan insonlar
Sochlariga oq tushgan
Tugamagan nuqsonlar
Dardlarini ichida
Saqlab yurgan insonlar
Tunlari uxlamaydi
Bedor bo'lgan tuyg'ular
Zerikkan xayotidan
Ozor ko'rgan insonlar
Oyoqlarini yerdan
Uzgan ba'zi nodonlar
Kun keladi qaytadi
Qaro yerga insonlar
Gohida o'z o'zimni
Qiynaydi ko'p savollar
Nega bahtni pul bilan
O'lchab qoldi insonlar
Qishning sovuqlariday
Muzlab qoldi yuraklar
Bugun nurli ko'zlardan
Mehr ketdi insonlar
Birov yiqilsa yirga
Bo'lar elga kulgular
Qaylarda qolib ketdi
Insoniylik tuyg'ular
Dardkash izlab o'zimga
Keng dunyodan topmadim
Be mehrlar ko'p ekan
Yaqin inson topmadim
Yana qiynaydi meni
Javobi yo'q savollar
Axir yorug' dunyoga
Mehmonmizku insonlar
14. Dilmurod_TJK (19) [off] | TXT | 30| 23 Jan 2018, 18:30
Goho xato qilganingda,
Yo'lingda qoqilganingda,
Do'stdan pand yeganingda,
Seni xechkim ko'rmaydi,
Bir mehribon topilmaydi.
Ishlaring yurganda orqaga,
Tushadi bu joning qafasga,
Xavo yetmaydi nafasinga,
Xamma o'zini o'ylaydi,
Bir sarbon topilmaydi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1063
Mavzuga oid xabarlar soni: 39 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Jan 2019, 02:41
Mavzuni ko'rishgan: 53 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 146 (0/146)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru