UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Har xil she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
O’ylamaydi Qo`lim titrar, yozolmasman bir so`z ham, Qilgan qilig`ingdan, to`g`risi, so`zsizman. Sen qilgan xiyonatni agar men qilsam, O`ylarmisan men haqimda mendayin? Yaxshiliging yor ko`zida tinarkan, Yillar o`tib, oxir qadring tugarkan. Mehr berib, to`yolmadim mehriga, O`ylaganim mendayin o`ylarmikan? O`ylamaydi, o`ylamaydi, So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi. Parvosi yo`q, demak davosi yo`q Ichimga to`lib ketgan dardlarni. O`ylamaydi, o`ylamaydi, So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi. Parvosi yo`q, demak davosi yo`q Ichimga to`lib ketgan dardlarni. Bog`lar aro izlab davo yurarmikan, Shudringlarga qarab meni eslarmikan? Birga yurgan yerlarimizga borib, Ko`z yosh to`kib, ming afsuslar chekarmikin? Har kun tongda shu yerlarga man kelaman, Jisming izlab-izlab, so`ngra ketaman. Endi birga bo`la olmasak kerak, Sen meni o`ylamaysan, bilaman… O`ylamaydi, o`ylamaydi, So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi. Parvosi yo`q, demak davosi yo`q Ichimga to`lib ketgan dardlarni. O`ylamaydi, o`ylamaydi, So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi. Parvosi yo`q, demak davosi yo`q Ichimga to`lib ketgan dardlarni. Biz birga ko`rishib, o`tirgan joylar Man uchun eng qadrlidir bugun ular. Har gal sani sog`inganimda shu yerlarga kelib, Izlayman panoh, izlayman jisming, Izlayman mani axtarib yurgan ko`zlaring. Ishon, san mani tiriklayin o`ldirding. Sovuq qotib bo`lsa ham kutaman, Telbaman, o`zim ham bilaman. Qani kiyinib olgan sanga o`xshagan jism bo`lsa, Balki bu sen deb o`ylab qolaman. Uyalmay boraman – uyalib qolaman, Qachongacha ayt, adashib qolaman? Sovuqda qolib ketaverib bo`ldim kasal, Yo`qlamading na tun, na sahar. Oxir chiday olmay dedilar onam: U sani ancha bo`lgan o`ylamay qo`ygan, jon bolam! O`ylamaydi, o`ylamaydi, So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi. Parvosi yo`q, demak davosi yo`q Ichimga to`lib ketgan dardlarni. O`ylamaydi, o`ylamaydi, So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi. Parvosi yo`q, demak davosi yo`q Ichimga to`lib ketgan dardlarni.
Yuklab olish
Onlayn 249 (0/249)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa