UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Har xil she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
YOMONLAR YAXSHIDAN QOCHA BOSHLADI Endi bildim zamonaning ozganin, Yomonlar yaxshidan qocha boshladi. Qaytib badnasllar aslzodadan, Pisand etmay, to'rga kecha boshladi. Riyo bo'ldi ko'pning qilgan namozi, Tangri hech biridan bo'lmadi rozi, Payg'ambar o'rnida o'tirgan qozi, Pora uchun qo'lin ocha boshladi. Shohlarda qolmadi hukmi adolat, Bir pul uchun muftiy berar rivoyat, Bil, bu ishlar-nishonaiqiyomat, Zolimlar tavbasiz o'ta boshladi. Dodxohlar turubon, yuzin sarg'aytib, Kim to'rasin topib, rangiz qizartib, Zolimlar mazlumga, sirtin qabartib, Qamchisidan qonlar oqa boshladi. Mujtahid so'ziga amal bo'lmadi, Munofiqlar Yaratganni bilmadi, So'filar piridan ta'lim olmadi, Dunyo uchun dindan kecha boshladi. Bir guruh so'filar "so'fiman" deydi, So'ramay, zolimlar taomin yeydi, "Bizni yaxshi kishi desinlar" deydi, Har eshikda xalqa ura boshladi. Qariga aylandi biz ko'rgan yoshlar, Oyoqqa aylandi biz ko'rgan boshlar, Bemahal yuk bog'lab endi qardoshlar, Oxirat azmiga ko'cha boshladi. Oqil kishi g'amda yuragin ezib, Dardining darmonin so'roqlab kezib, Zamonaning fasod bo'lganin sezib, Foniydan boqiyga ko'cha boshladi. Ne asl beklarning navbati o'tdi, Soxtakorga, qaroqchiga so'z yetdi, Dunyoda kim qolib murodga yetdi?- Muhabbat chirog'i o'cha boshladi. Qozi bo'lgan bir javobda turmadi, Tunlar mehnat tortib kitob ko'rmadi, Shariat yo'linda to'g'ri yurmadi, Nafs uchun iymonsiz o'ta boshladi. Maxtumquli aytar: borho yo'l tani, Besh kun sinamoqqa yubordi sani, Sendan burun o'tgan insonlar qani?- Har kim o'z navbatida o'ta boshladi. Maxtumquli
Yuklab olish
Onlayn 279 (0/279)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa