UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Har xil she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
BAXOR KELSA SENI SO'ROQLAB. Bahor kelsa seni so'roqlab, Yuragimga nima deyay ayt. Sog'inch nima vujudim titrab, Gul atridan yozilurmi bayt. Ko'ngil mahzun ertaklarida Ovunadi xotirlab bahor. Ko'zlaringda ko'rgan mehrimni Bahor menga eslatdi takror. . Nega meni buncha sabrimni Visol quchib qiynaydi yurak . Otayotgan har kurtak misol Singib ketar qalbimga istak. . Gohida men shabboda misol Kezsam bog'ning uzra bag'rini. Ifor izlab mast qalbim bilan Sog'inaman sening vaslingni. . Tong otganda mudroq tushlar jim Shabnam o'pgan yanoqlarimda. Quyosh asta erinib sekin, Quchoqlaydi mehr nurida. . Atrofimda qushlar parvona Sendan balki xabar aytmoqda. Qaniydi men shu qush misoli Uchib borsam goh huzuringda. . Tinglar edim shirin so'zlaring Oqshomlarning sirli qatida. Yo'qsan netay sog'inchim bahor Xotiralar dil suratida. . Mendan olis ketding buncha ham Manzil uzoq lek qalbim yaqin. Bahor mendan so'rama uni Unda qolgan hislarim oqin. . Nega uni olib kelmading O'zing bilan o'rab iforga. Mehr to'la ko'zlaringda man. Qolib ketsam butun umrga. . Izlama qo'y qalbimdan uni Sog'inch ozi qiynadi butkul. Bahor kelma uni sog'inib Usiz yashash yurakda mushkul. . Meni kechir bahor sog'inchim Senda qolgan ilk xotiralar. Ovunarman eslab har lahza O'tib borar balki bu kunlar. . Mayli o'rik gullasin oppoq Bahorlarning qaynoq taftida. Chiroyiga qalb kabi mushtoq Dil so'zimning satrlarida. . Gar sog'insam sir tutib pinhon Izlaringda qolgan qalbimni Sog'inganim yetmaganiday Bahor nechun ezar bag'rimni. . Yomg'ir yuvar qalbimni lekin Sen yuvilib ketmading nechun . Tomchi misol botib dilimga Ummon kabi bo'ldingmi butun. . Bahor kelsa sendan bir yo'qlab Nomalarin aytadi takror. Bedor o'tgan har oqshom faslin Bir tush bo'lib yo'qlaydi bir bor. . Shivirlaydi asta erinib Sog'inganda seni bir yo'qlab. Charos menga azizsan deya Bahor keldi yana so'roqlab. © Charos Raxmatova
Yuklab olish
Onlayn 270 (0/270)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa