Mavzu: Har xil she'rlar (UMUMIY BO'LIM/She'riyat dunyosi) Nodirali (18 Mar 2017 16:25) Bu mavzuda mualifi va mavzusi har xil she'rlar yozamiz. Nodirali (18 Mar 2017 16:26) [b]Bir tup o'rik
[/b]
Bir tup o‘rik
Yakka o‘sgan ekan:
Yolg‘iz tomoqmasmi rosa unibdi.
Bodroq-bodroq bo‘lib gullaganda
Ko‘lankasi bilan do‘st tutinibdi.
Soya o‘ngga-yu, dam chapga o‘tib,
Dam cho‘zilib yotib,
Dam bo‘lib tikka:
–Mendan ham sodiqroq do‘st topolmaysan,
Sensiz men ham yo‘qman,–derkan o‘rikka...
Bir kun qarasa –
Soya yo‘q emish.
(Bulut kuni uni izlash kulgili)
Yomg‘ir ham quyibdi – do‘sti hamon yo‘q...
Yerga yakson bo‘pti o‘rikning guli.
Eh, o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi?
Laqqa tushibsanda lof ursa.
Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda
Yoningda tursa...
[b]
Asqad Muxtor
[/b] Viruzbek (18 Mar 2017 18:53) Sherni oziz yozgan bolganizda xam mayli edi qaysidur saytdan kochirib kelib bu yerda ozizni shoir korsatvosizmi ? Nodirali (10 Aug 2017 03:13) --Javob-- Viruzbek (18 Mar 2017 18:53): Sherni oziz yozgan bolganizda xam mayli edi qaysidur saytdan kochirib kelib bu yerda ozizni shoir korsatvosizmi ? ---------- Viruzbek, o'zim ham she'r yozaman. UZ KHAN (10 Aug 2017 06:12) --Javob-- Viruzbek (18 Mar 2017 18:53): Sherni oziz yozgan bolganizda xam mayli edi qaysidur saytdan kochirib kelib bu yerda ozizni shoir korsatvosizmi ? ---------- Viruzbek, Bu yerda har hil sherlar deyilganku :joy: Gegemon (10 Aug 2017 08:46) Do'stlar hozir men yozgan she'rlarinning birsini sizlarga taqdim etaman yaxshi qoniqarlimi bunga o'zinggiz baxo berasiz.
AVVALOM BOR SALOM
DEYMAN MEN
HOLIGDAN SO'RAB
QANDAY EKAN SEN
SHODON BOQIB
YURGIN DUNYODA
QAYG'U ALAMLARDAN
OLIS BIR JOYDA
MENI UNUTMA
FAQAT SHU SO'ZIM
QORA KO'ZLARING
BERMAYMAN O'ZIM
YURAGIM SENI
BILGIN BUNI SEN
YOLG'ON GAPIRMA
SEVGANIM SEN
KULUB YURGIN
BU HAYOT SHODON
TUZ SEPMA
EY NODON. Nodirali (10 Aug 2017 09:04) --Javob-- Gegemon (10 Aug 2017 08:46): Do'stlar hozir men yozgan she'rlarinning birsini sizlarga taqdim etaman yaxshi qoniqarlimi bunga o'zinggiz baxo berasiz.
AVVALOM BOR SALOM
DEYMAN MEN
HOLIGDAN SO'RAB
QANDAY EKAN SEN
SHODON BOQIB
YURGIN DUNYODA
QAYG'U ALAMLARDAN
OLIS BIR JOYDA
MENI UNUTMA
FAQAT SHU SO'ZIM
QORA KO'ZLARING
BERMAYMAN O'ZIM
YURAGIM SENI
BILGIN BUNI SEN
YOLG'ON GAPIRMA
SEVGANIM SEN
KULUB YURGIN
BU HAYOT SHODON
TUZ SEPMA
EY NODON. ---------- Gegemon, ochig'i tushinmadim. Nima bu? Gegemon (10 Aug 2017 09:17) --Javob-- Nodirali (10 Aug 2017 09:04): Gegemon, ochig'i tushinmadim. Nima bu? ---------- Arab Ali, she'r :koz:: boshqa narsaga ham o'xshaydimi_yo ? Nodirali (10 Aug 2017 09:24) --Javob-- Gegemon (10 Aug 2017 09:17): Arab Ali, she'r :koz:: boshqa narsaga ham o'xshaydimi_yo ? ---------- Gegemon, bilmadimda. Gegemon (10 Aug 2017 09:28) --Javob-- Nodirali (10 Aug 2017 09:24): Gegemon, bilmadimda. ---------- Arab Ali, bu she'rni ko'pincha men qizlarga yozardim :kozz: Uzsputnik (10 Dec 2017 06:29) Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro'ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So'ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo'lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so'nmasin aslo.
Sportmi yo san'atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma'naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne'matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O'qib o'rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!

Dilmurod_TJK (23 Jan 2018 18:29) Sevdim o'zim
Sevdi ko'zim
Yurakdagi
So'ngi so'zim
Kutganimda kelmadingku
Ko'zlaringda ko'rmadingku
Ko'rsang men ham turar edim
Xayolingda yurar edim
Endi meni kim eslaydi
Eslasharku ketganimda
Qay manzilga yitganimda
Manzil uzoq yitamanku
Bu bevafo dunyolardan
Bir kun kelib ketamanku Dilmurod_TJK (23 Jan 2018 18:30) Izlaganda bahtini
Topolmagan insonlar
Yillab sevib sevgisiga
Yitolmagan insonlar
Sochlariga oq tushgan
Tugamagan nuqsonlar
Dardlarini ichida
Saqlab yurgan insonlar
Tunlari uxlamaydi
Bedor bo'lgan tuyg'ular
Zerikkan xayotidan
Ozor ko'rgan insonlar
Oyoqlarini yerdan
Uzgan ba'zi nodonlar
Kun keladi qaytadi
Qaro yerga insonlar
Gohida o'z o'zimni
Qiynaydi ko'p savollar
Nega bahtni pul bilan
O'lchab qoldi insonlar
Qishning sovuqlariday
Muzlab qoldi yuraklar
Bugun nurli ko'zlardan
Mehr ketdi insonlar
Birov yiqilsa yirga
Bo'lar elga kulgular
Qaylarda qolib ketdi
Insoniylik tuyg'ular
Dardkash izlab o'zimga
Keng dunyodan topmadim
Be mehrlar ko'p ekan
Yaqin inson topmadim
Yana qiynaydi meni
Javobi yo'q savollar
Axir yorug' dunyoga
Mehmonmizku insonlar Dilmurod_TJK (23 Jan 2018 18:30) Goho xato qilganingda,
Yo'lingda qoqilganingda,
Do'stdan pand yeganingda,
Seni xechkim ko'rmaydi,
Bir mehribon topilmaydi.
Ishlaring yurganda orqaga,
Tushadi bu joning qafasga,
Xavo yetmaydi nafasinga,
Xamma o'zini o'ylaydi,
Bir sarbon topilmaydi. Dilmurod_TJK (23 Jan 2018 18:31) Bir boshidan ishing yurar,
Taomingda go'shing bo'lar,
Ko'cha ko'yda o'rning bo'lar,
Agar xalol yashasang.
O'zingni xech aldamaysan,
Tunda eshikka boqmaysan,
Daydi qushdek uchmaysan,
Agar xalol yashasang.
Farzandinga o'rnak bo'lasan,
Biroz qiyin lek ko'nikasan,
Bir kuni rohatini ko'rasan,
Agar xalol yashasang.
Otang boshini egmaydi xech,
Onang dilin yanchmaydi xech,
Seni muammo kutmaydi xech,
Agar xalol yashasang.
Xayot shunday go'zal tuzoqlar,
To'g'ri yo'lda ulkan azoblar,
Xatto seni dushman xam qo'llar,
Agar xalol yashasang.
Xalollik ilmi ulkan zahmatdur,
Shu bilan birga banda farzidur,
Bu yaratganni bergan qarzidur,
Ey do'stim xalollik dunyo umridur.. ARMONLI_TUN (24 Jan 2018 10:35) Xatolarim boshimdi ekganda bugun. Armon qarshisida chorasiz qolaman. Dunyo g'irom öyin boshlama yetar. Azoblar kumilib ketdim ollohim qutqar. Besthakker (2 Mar 2018 06:14) Boqqa bordim baqirdim Madinani chaqirdim Madina eshikdan chiqdi gurjisi teshikdan chiqdi madinani quchoqladim gurjisini pichoqladim Maykl (2 Mar 2018 22:51) Sen bugun sinfda shod yurak bilan, sinov novbatini kutib turasan, alo mamlakatning, alo farzandi bilib qo'yki seni VATAN kutadi. otaw (12 Apr 2018 19:18) qora ko'zim sizniki
shirin so'zim sizniki
xayollarimxam sizniki
butun vujudimxam sizniki
i xazlashdim xammasiz o'zimniki
bu narsalardi qizlarga ishanib bo'ladimi :lol: Нарзулло (25 Jun 2018 23:16) Qadriga yeting bölsa akangiz.
Qölidan tuting bölsa ukangiz.
Bir kuni qurisa mador tinkangiz.
Begonalar tomon chopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Boshidan tuting bölsa munis singlingiz.
Kötarar bir kuni shu qiz könglingiz.
G'amli kun kelganda shuni bilingiz.
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz..

Agar yoningizda bölsa opangiz.
Poyini emaklab suyib öpingiz.
Musibat chog'ida har on chopingiz.
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz... Muxamad (1 Jul 2018 10:42) Qaylarda, kim bilan vaqting chog' bugun,
Yurgan yo'llaringda kim o'rtoq bugun,
Yuraging qalbimga ko'p uzoq bugun,
Hozircha yodingda yomon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman.
Yo'lingga to'shadim oshiq ko'nglimni,
Tosh diling sezmadi hasta dilimni,
Kulgu-la o'ynading borim sevgimni,
Yuraging sezmagan tug'yon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman.
G'ururim bir chetga surib qo'ygandim,
Sen uchun xokisor g'arib bo'lgandim,
Bilgin endi qadri osmon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman.
Tuyg'ular yuraging g'ashlab ketganda,
Bevafo ko'zlaring yoshlab ketganda,
Kimdir yurib-yurib tashlab ketganda,
Qalbingga qadalgan paykon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman!!!!!
[b]2.9333333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
Yiroqda bo'lsakda qalbimiz tutash.
Uchqun zarralari bo'ladi otash.
Sog'inch azob berar nechun bunchalik.
Naxotki sog'indim sizni shunchalik. Ashurov (14 Jul 2018 11:13) facebookda o'qidim...

BIR BOR YO'QLAB KELMAYSIZMI DADASI .
Siz kimlarga baxsh etingiz o'zigizni
Yo boylik ko'r qildimi ko'zingini
Sizni zor zor kutayotgan oylagizni
Bir bor bora yo'qlab kelmaysizmi dadasi
Onasi deb qanot yasab uchmang mayli
Kelib qizingizni erkalab quchmang mayli
O'sha topgan o'ris xotinizdan kechmang mali
Lekin bir bor yo'qlab keling oylezi dadasi
Olloh imon solsa edi dilingizga
Men jonnimni tutg'azardim qo'lingizga
Ota - Onagiz ertayu kech qarar yo'lingizga
Bir bor yo'qlab kelin ota - onagizni dadasi .
O'g'lingizni dadasi yo'q deb ustdan kulishyabdi
Xar kun sizni qumsab ko'ngli to'lib yig'layabdi
Bardoshidan sog'inch zo'rlik qilyabdi
Bir borra o'g'lingizni eslab keling dadasi
Qayting endi oylezni tashlab ketmang
Ota - onagizdan mexrigizni darig' tutmang
Shuncha kutti yana ko'zlarimizni yo'lizga zor etmang
Bir bor yo'qlab keling endi dadasi
Yo'lLarizga payondozlar solayli
Sizni ko'rib ko'nglilarni tog'day ko'tarayli
Dunyoni bor tashvishlarini keling birga unutayli
faqat siz bir borra yo'qlab keling dadasi


MUALIF ; dardli dil Ashurov (14 Jul 2018 17:29) Жанона бўлдингиз жонингиз куймай,
Гуноҳкор кўз билан кўпни кўрганлар.
Эл-юртнинг олдида оқ либос киймай,
Оилали эркаклар билан юрганлар.
Сизни кўрганларда бузилар хаёл,
Наҳотки шунчалик бўлса бир аёл,
Яшаманг, ҳаммага келсангиз малол,
Оилали эркаклар билан юрганлар.
Ким сиз ҳақда яхши хаёл суради,
Қизингиз сиз юрган йўлдан юради,
Қўрқмайсизми, бир кун Худо уради,
Оилали эркаклар билан юрганлар.
Шу ҳолингиз билан Жаннат сўрайсиз,
Аёлман деб яна рўмол ўрайсиз,
Одамлар кўзига қандай қарайсиз,
Оилали эркаклар билан юрганлар.
Остонангиздан бахт киролмай сарсон,
Дурлар орасида тош бўлманг арзон,
Гулдек умрингизни айламанг хазон,
Оилали эркаклар билан юрганлар.
Эй, Зуҳро замонни айблама қўй,
Ёмонми, ёмонни айблама қўй,
Сиз ўша осмонда кўринмаган ой,
Оилали эркаклар билан юрганлар.
Бир аёл кўксида ёнган чўғдайсиз,
Шундай ҳаётдан ҳам кўнгли тўқдайсиз,
Бу жамият учун сизлар йўқдайсиз,
Оилали эркаклар билан юрганлар Doston (14 Jul 2018 20:02) Kechagi kun – o’tmish
Ertangi kun – sirmish
Bugungi kun – sovg’a
Qani do’stim olg’a Mister-Master (14 Jul 2018 20:15) Offtop uchun uzr Arey (14 Jul 2018 20:54) [b][green]
Muhabbat gulzoridan
Bir gul uzsam gar,
So'limasdi hech qachon
Mening qo'limda,
Tanlab-tanlab eng chiroyli
Gulni uzardim,
Ko'p bo'lsa ham gullar
Mening yo'limda.

Shamollardan asrab
Uni avaylab,
U uchun har joyda
Panoh bo'lardim.
Agar tikanlarga
Ilashib ketsa,
Uni bitta-bittalab
Bargin yulardim.[red]
Arey, 2016.
[/red][/green][/b]

:kozz::kozz::kozz: Superbola (15 Jul 2018 23:44) --Javob-- Arey (14 Jul 2018 20:54): [b][green]
Muhabbat gulzoridan
Bir gul uzsam gar,
So'limasdi hech qachon
Mening qo'limda,
Tanlab-tanlab eng chiroyli
Gulni uzardim,
Ko'p bo'lsa ham gullar
Mening yo'limda.

Shamollardan asrab
Uni avaylab,
U uchun har joyda
Panoh bo'lardim.
Agar tikanlarga
Ilashib ketsa,
Uni bitta-bittalab
Bargin yulardim.[red]
Arey, 2016.
[/red][/green][/b]

:kozz::kozz::kozz: ---------- Arey, :zor: Ashurov (23 Jul 2018 15:27) O’ylamaydi
Qo`lim titrar, yozolmasman bir so`z ham,
Qilgan qilig`ingdan, to`g`risi, so`zsizman.
Sen qilgan xiyonatni agar men qilsam,
O`ylarmisan men haqimda mendayin?
Yaxshiliging yor ko`zida tinarkan,
Yillar o`tib, oxir qadring tugarkan.
Mehr berib, to`yolmadim mehriga,
O`ylaganim mendayin o`ylarmikan?
O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.
O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.
Bog`lar aro izlab davo yurarmikan,
Shudringlarga qarab meni eslarmikan?
Birga yurgan yerlarimizga borib,
Ko`z yosh to`kib, ming afsuslar chekarmikin?
Har kun tongda shu yerlarga man kelaman,
Jisming izlab-izlab, so`ngra ketaman.
Endi birga bo`la olmasak kerak,
Sen meni o`ylamaysan, bilaman…
O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.
O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.
Biz birga ko`rishib, o`tirgan joylar
Man uchun eng qadrlidir bugun ular.
Har gal sani sog`inganimda shu yerlarga kelib,
Izlayman panoh, izlayman jisming,
Izlayman mani axtarib yurgan ko`zlaring.
Ishon, san mani tiriklayin o`ldirding.
Sovuq qotib bo`lsa ham kutaman,
Telbaman, o`zim ham bilaman.
Qani kiyinib olgan sanga o`xshagan jism bo`lsa,
Balki bu sen deb o`ylab qolaman.
Uyalmay boraman – uyalib qolaman,
Qachongacha ayt, adashib qolaman?
Sovuqda qolib ketaverib bo`ldim kasal,
Yo`qlamading na tun, na sahar.
Oxir chiday olmay dedilar onam:
U sani ancha bo`lgan o`ylamay qo`ygan, jon bolam!
O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.
O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni. Ashurov (26 Jul 2018 10:23) Asl hayotiy mantiq:
Osmon - yiroq, yer - qattiq.
Zinhor toqatdan ortiq -
Qilmas yaratgan tortiq.
Kelgan har bir musibat -
Ortida bordir ne'mat.
Shukr - so'nmas iroda,
Sabr - suyanch birodar.
Baxt - salomat yurganing,
Dunyoni keng ko'rganing.
Hayot - sinov maydoni,
Imon - ko'ngil sultoni.
Umr - o'tkinchi manzil,
Taqvo - taqdirga kafil.
Olloh - yagona qudrat,
Banda - bo'ysungan qismat.
Inson - mavjudot oliy,
Ezgu amalla boqiy.
Yashash - odamning tarzi,
Mehr - muhabbat qarzi.
Olam - osmonga ustun,
Borliq - zarradan butun.

NurSultan Muhammad Ashurov (26 Jul 2018 10:36) Ўн саккиз минг олам зарраларидан
Вужудга келгансан, эй покиза зот.
Сенсан мавжудотнинг сараларидан,
Яхшисан, яхшилик айла, Одамзот.
Қалбингда акс этган Оллоҳ жилваси,
Мангу жўш уради илоҳий туғён.
Сенсан яратганнинг суйган бандаси,
Яхшисан, яхшилик айлагин, Инсон.
Меҳринг уммонида тўлғонсин олам,
Ҳамроҳ бўлсин сенга сабру матонат.
Сенсан муҳаббатдан яралган Одам,
Яхшисан, яхшилик айлагин фақат.
Эзгулик нурига кўмилиб яша,
Ҳар дилнинг саҳросин сен этгин обод.
Сенга макон бўлсин жаннатий гўша,
Яхшисан, яхшилик айла умрбод.
Ўткинчи дунёга ошиқ бўлма, бас,
Кўнгил Каъба эрур, англа, азиз бил.
Сенга фаришта ҳам хўп қилсин ҳавас,
ЯХШИСАН, ЯХШИЛИК, ЯХШИЛИКЛАР ҚИЛ!

Firuza Rahmonova Mister-Master (26 Jul 2018 17:34) Offtop uchun uzr! Brigand (1 Aug 2018 12:25) [b]Orqaga chekinar mag'lubiyatlar
"G'alaba" bo'lishga bir qadam qoldi
Ilohim, ushalsin ezgu niyatlar
Talaba bo'lishga bir qadam qoldi
Kimlardur o'qidi, uyqudan kechib
Kimlardur yod oldi, suv kabi ichib
Imtihonga kirib, testlarni yechib
Talaba bo'lishga bir qadam qoldi
Abuturient dili, urmoqda nido
"Talaba" bo'lay deb, bermoqda sado
Mandadda ilohim, madad ber, Xudo
Talaba bo'lishga bir qadam qoldi[/b] Ashurov (4 Aug 2018 20:00) YOMONLAR YAXSHIDAN QOCHA BOSHLADI
Endi bildim zamonaning ozganin,
Yomonlar yaxshidan qocha boshladi.
Qaytib badnasllar aslzodadan,
Pisand etmay, to'rga kecha boshladi.
Riyo bo'ldi ko'pning qilgan namozi,
Tangri hech biridan bo'lmadi rozi,
Payg'ambar o'rnida o'tirgan qozi,
Pora uchun qo'lin ocha boshladi.
Shohlarda qolmadi hukmi adolat,
Bir pul uchun muftiy berar rivoyat,
Bil, bu ishlar-nishonaiqiyomat,
Zolimlar tavbasiz o'ta boshladi.
Dodxohlar turubon, yuzin sarg'aytib,
Kim to'rasin topib, rangiz qizartib,
Zolimlar mazlumga, sirtin qabartib,
Qamchisidan qonlar oqa boshladi.
Mujtahid so'ziga amal bo'lmadi,
Munofiqlar Yaratganni bilmadi,
So'filar piridan ta'lim olmadi,
Dunyo uchun dindan kecha boshladi.
Bir guruh so'filar "so'fiman" deydi,
So'ramay, zolimlar taomin yeydi,
"Bizni yaxshi kishi desinlar" deydi,
Har eshikda xalqa ura boshladi.
Qariga aylandi biz ko'rgan yoshlar,
Oyoqqa aylandi biz ko'rgan boshlar,
Bemahal yuk bog'lab endi qardoshlar,
Oxirat azmiga ko'cha boshladi.
Oqil kishi g'amda yuragin ezib,
Dardining darmonin so'roqlab kezib,
Zamonaning fasod bo'lganin sezib,
Foniydan boqiyga ko'cha boshladi.
Ne asl beklarning navbati o'tdi,
Soxtakorga, qaroqchiga so'z yetdi,
Dunyoda kim qolib murodga yetdi?-
Muhabbat chirog'i o'cha boshladi.
Qozi bo'lgan bir javobda turmadi,
Tunlar mehnat tortib kitob ko'rmadi,
Shariat yo'linda to'g'ri yurmadi,
Nafs uchun iymonsiz o'ta boshladi.
Maxtumquli aytar: borho yo'l tani,
Besh kun sinamoqqa yubordi sani,
Sendan burun o'tgan insonlar qani?-
Har kim o'z navbatida o'ta boshladi.
Maxtumquli Ashurov (11 Aug 2018 22:10) BAXOR KELSA SENI SO'ROQLAB. Bahor kelsa seni so'roqlab,
Yuragimga nima deyay ayt. Sog'inch nima vujudim titrab, Gul atridan yozilurmi bayt.
Ko'ngil mahzun ertaklarida
Ovunadi xotirlab bahor. Ko'zlaringda ko'rgan mehrimni Bahor menga eslatdi takror.
.
Nega meni buncha sabrimni Visol quchib qiynaydi yurak . Otayotgan har kurtak misol Singib ketar qalbimga istak.
.
Gohida men shabboda misol Kezsam bog'ning uzra bag'rini. Ifor izlab mast qalbim bilan Sog'inaman sening vaslingni.
.
Tong otganda mudroq tushlar jim Shabnam o'pgan yanoqlarimda. Quyosh asta erinib sekin, Quchoqlaydi mehr nurida. .
Atrofimda qushlar parvona
Sendan balki xabar aytmoqda. Qaniydi men shu qush misoli Uchib borsam goh huzuringda.
.
Tinglar edim shirin so'zlaring Oqshomlarning sirli qatida.
Yo'qsan netay sog'inchim bahor Xotiralar dil suratida. .
Mendan olis ketding buncha ham Manzil uzoq lek qalbim yaqin. Bahor mendan so'rama uni
Unda qolgan hislarim oqin.
.
Nega uni olib kelmading
O'zing bilan o'rab iforga.
Mehr to'la ko'zlaringda man. Qolib ketsam butun umrga.
. Izlama qo'y qalbimdan uni
Sog'inch ozi qiynadi butkul. Bahor kelma uni sog'inib
Usiz yashash yurakda mushkul.
. Meni kechir bahor sog'inchim Senda qolgan ilk xotiralar. Ovunarman eslab har lahza O'tib borar balki bu kunlar. .
Mayli o'rik gullasin oppoq Bahorlarning qaynoq taftida. Chiroyiga qalb kabi mushtoq Dil so'zimning satrlarida. .
Gar sog'insam sir tutib pinhon Izlaringda qolgan qalbimni
Sog'inganim yetmaganiday Bahor nechun ezar bag'rimni.
.
Yomg'ir yuvar qalbimni lekin Sen yuvilib ketmading nechun . Tomchi misol botib dilimga Ummon kabi bo'ldingmi butun. .
Bahor kelsa sendan bir yo'qlab Nomalarin aytadi takror.
Bedor o'tgan har oqshom faslin Bir tush bo'lib yo'qlaydi bir bor.
. Shivirlaydi asta erinib
Sog'inganda seni bir yo'qlab. Charos menga azizsan deya Bahor keldi yana so'roqlab.
© Charos Raxmatova otash_akooo (24 Aug 2018 04:17) TULKILAR TULKIGA OSHNOLIK QILAR
BO'RI XAM BO'RILAR
TO'DASIN O'YLAR
BIRLASHMOQ O'RNIGA
QARANG ODAMZOD
BIR BIRIN PARCHALAR
TOPDAB YUQ QILAR


AHAD QAYUM... MasterOS (6 Sep 2018 03:01) Мы с тобою звездопад,два билета на паром.
Танцевали до утра под неоновым дождём.
Мы меняем города,обстоятельства на сон.
Откровенная вчера-ты сегодня мне никто.
Отпечатки на руках,заводной магнитофон.
Время - тихая вода,утекающая вон.
Кто не видит в небе знак-потеряет восемь ног.
Снова в мире пустота,а в медузе осьминог.

Медуза, медуза,медуза, мыдрузья!Медуза, медуза.Медуза, медуза, медуза, мыдрузья!Медуза, медуза.

Не по доброму смеясь нажимаю на курок.
Убиваю твою грязь,она падает на пол.
Остаётся чистота- твоё белоенутро,
И бездонные глаза-ты актриса моих снов.
Мы с тобою не друзья,притворившись тишиной
Ты приехала на час, но останешься со мной.
Почитай мне до утра,обжигай меня всю ночь.
Не получится унять настоящую любовь!
[b]2.9666666666667 daqiqadan so`ng qo`shdi...[/b]
Мезюдуза,медуза,медуза!Медуза,медуза,медузаааа.Медуза,медуза.

© Матранг - Медуза. Dima_MasTeR (7 Sep 2018 01:32) BIRINCHI PREZIDENTIMIZ YOZGAN SO'NGI SHE'RLARI


O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin Ollohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.

O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.

O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda…

O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga,
Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing.

Kichkina yasating qabrtoshimni,
Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib,
Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni,
Men safarga ketdim chorig‘im kiyib.

O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga,
To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating,
Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing,
Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin.

O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan,
Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim,
O‘lim haq ekanin olasizda tan,
Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim.

O‘lsam yo‘qlab turing. Biling, kutaman,
Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan kechib,
Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob yutaman,
Yotaman go‘rda ham ko‘z yoshim ichib,

O‘lsam, umrim sharhin nabiralarga,
Evirmay, o‘chirmay borini so‘zlang.
Intiq kutganimni ularni hamda,
Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini so‘zlang.

O‘lsam, she’rlarimni avaylab asrang,
Imkonin topib topshiring elga.
Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib,
O‘tar yozganlarim qo‘llardan qo‘lga.

O‘lsam, faxr bo‘ling, mexribon bo‘ling,
Imkonin topsangiz to‘lang qarzimni,
Duosini oling men sevgan elni,
Meros qoldiraman sizga sabrimni.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin… yaguwor (16 Nov 2018 14:16) :zor: uZaFaRaP (4 Jan 2019 02:41) СEВИШИМНИ АЙТСАММИКАН-А?


Билармикан мени севишим,
Уни дея жондан кечишим.
Гўзалимга шеърлар битишим.
Севишимни айтсаммикан а?

Сени кўриб туриб соғинсам,
Овозингни тинглаб қувонсам.
Ҳаста дилни сенла овутсам,
Севишимни айтсаммикан а?

Қачонгача яширай севгим,
Пинҳон юрак дейди аста жим.
Сени севган мен эмас, кўнглим,
Севишимни айтсаммикан а?

Қийнайверар пинҳон муҳаббат,
Сукунатга тутиндим улфат.
Таъқиб қилиб, етмасдан нафтат,
Севишимни айтсаммикан а?

Гул юзингни кўрмоқлик истак,
Севгим чиндир, эмас бу эртак.
Энди менинг кўнглимга келсак,
Севишимни айтсаммикан а?

Юрак қалбим қўймади ёздим,
Муҳаббатнинг йўлларин тўсдим.
Сени ўйлаб ақлдан оздим.
Севишимни айтдсаммикан а?

Муҳаббатни билмайман эрмак,
Севган дилим сенга не керак?
Сўзларимни тингладинг, демак,
Севишимни айтдсаммикан а?

© Шерзод БУРХОН (Хужандий) Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/3/11/1063/