Mavzu: Sevgi sherlar
So'rov natijasi
Shu mavzu shu boyi qolsinmi yoki yopkan maqulmi javobilar yopishkere bosa yopamiz qolsh kere bosa dalshe yurish qilamiz
yoq yopilmasin (13)
yopish kere (7)
22. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 3| 10 Dec 2017, 19:05
Ko'ngil seni istamoqda
nima qilay.
Jonim aytgin seni sevgin
qanday bilay.
Sevib turib do'stlikka men
qanday ko'nay.
Ishq bog'ida bir paytlar
bog'bon bo'ldim.
Endi bo'lsa seni izlab
sarson bo'ldim.
Yulduzlarga termulardim
sog'inch bo'lib.
O'layabman ishon jonim
paymon to'lib.
Yig'lamagin agar rostdan
qolsam o'lib.
Ishq bog'ida bir paytlar
bog'bon bo'ldim.
Endi bo'lsa seni izlab
sarson bo'ldim.
Seni hech ham men
sevmadim. Sevdi yurak.
Kelgin tezroq, menga
faqat bir sen kerak.
Gar kelmasang men
yolgizman yurak sarak.
Ishq bog'ida bir paytlar
bog'bon bo'ldim.
Endi bo'lsa seni izlab
sarson bo'ldim.
Bog'bon bo'ldim,
bog'larimda gul qolmadi.
Yurak doim sevib yurib
hech tolmadi.
Sevishimga nechun JONIM
ishonmadi.
Ishq bog'ida bir paytlar
bog'bon bo'ldim.
Endi bo'lsa seni izlab
sarson bo'ldim
23. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 3| 10 Dec 2017, 19:06
Sevgi bu-muhabbat gulshani
Sevgi bu-hayotning chamani
Ikki qalb bir birin abadiy sevsa
Ollohning ularga buyuk ehsoni
24. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 3| 10 Dec 2017, 19:06
Sevgi guzal hayo bilan
Qalbga bergan nido bilan
Ikkisi ham ahdli bo'lsa
Baxtga etar vafo bilan
25. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 3| 10 Dec 2017, 19:07
Nega sizni maxkam quchib
turmadim...
Xar kuni kutadi sizni bu yurak
Yurakni ichida xar nafas faqat br
tilak
Ulgincha sizni bIr kurmmog'i
kerak
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Yurak sizni uylab qurib
bormoqda
Alamli xayoti tugap qolmoqda
Kundan kun xayotdan sovub
qolmoqda
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Xayollar br zumga yolg'iz
quymaydi
Bu xayollardan esa kechib
bulmaydi
Sizga bulgan sevgim xechxam
ulmaydi
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Suratiz eslatar kuzlariz menga
Dunyo bunchalar tor uxwamas
kengga
Goxo dalda bular onajonim
menga
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Endi meni kuzlarim namdur
UL baxtli kunlarimiz
qaytmasaxamdur
Sizsizlik xayotim men u.n
g'amdur
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Lazattli onlarim tugadi bildim
Baxtingiz tilabon duoda buldim
Borligizga ALLOXGA wukrlar
qildim
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Sizni uchratganimga afsus
qilmadim
Balki men nowukur sizni qadriz
bilmadim
Nega sizni maxkam quchib
turmadim...
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Tawqarida maydalab
yog'moqdadur qor
Sizga aytolmagan qorday
suzlarim bor
Endi qanday aytay qilamanku or
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Bugun sizdan anchalar
yiroqdadurman
Oxiri kurinmas firoqdadurman
Butun vujudim ila
titroqdadurman
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Sevgi azoblari qiynamoqda meni
Otawin Öt kabi yondirar meni
ltimos kechiring kechiring
kechiring meni
Men baxtsiz bugun judaxam
sog'indim sizni. . .
26. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 3| 10 Dec 2017, 19:07
Men sendan ketdim, ketdim
yiroqlab,
Yuragim dardiga to’kib xazonlar,
Xazonlar ostida so’nmagan ohlar,
Tinch qo’ymas bong urib, aytib
azonlar.
Sening sevging o’t, mening
qalbim cho’g’,
Biz mangu intilgan kecha-
kunduzmiz,
Bu otash sevgiga dunyoda joy
yo’q,
Senu men - ikki qutb, ikki
yulduzmiz.
Jonim ming tavallo ketmoqda
izsiz,
Yuragim qoniga cho’lg’andi olam,
Lolazor necha bor bosh egdi
essiz,
Sog’inchim necha bor tutmoqda
qalam.
Taqdir mehrimizni bog’lamish
tugal,
Lablarim tonsada dil yillar
hamon,
Ketib ham qololmam adashib har
gal,
Muhabbat beshigin allalar armon,
Men sendan ketdim necha bor
ezsiz…
27. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 3| 10 Dec 2017, 19:07
Yashasam agar yonginangizda,
Eng shirin so’zlarim etardim
tortiq,
Jonimni baxsh etib
jonginangizga
Baxtlarga cho’lg’ardim haddidan
ortiq.
Qalbingiz avaylab ozordan,
garddan
G’amlarga ko’ksimni etardim
qalqon,
Taningiz, ruhingiz qizg’onib
darddan,
Bilmas edingiz ne o’zi armon.
Yetaklab ketardim sizni har
oqshom
Yulduzlar sir to’kkan kengliklar
sari,
Bag’riga sig’dirib bepoyon
osmon
Nurlarga cho’lg’ardi shodlangan
sari.
Sizga eng g’aroyib guldasta terib,
Sazovor bo’lardim hayratingizga,
Va qalbdan muhabbat mehrimni
berib,
Ismimni yozardim dil
daftaringizga.
Bu mas’um ko’zlarda shodlikni
ko’rish
Ishoning, shudir men uchun
go’zal baxt,
Men uchun toledir sizga
aylanmoq
O, bundayin sevgiga yetmasdi
sarhad…
…aslidachi, sizga boqib, asta
yengdim ko’zyoshim,
Yig’lolmadim yo’q, bu shunchaki
bir his,
O’kinmang noiloj egilsa boshim,
Siz meni baxtli deb o’ylasangiz
bas.
Men sizni uchratdim hayotda bir
bor,
Chin baxtim ketgandi olisdan-
olis,
Afsus, qaytmas ekan umrimiz
takror,
Shay turar iztirob yolg’iz.
Siz menga jilmaying g’amlarni
yutib,
Ko’rsatmang dardingiz toshsa
ham tildan,
Eng quvnoq so’zlarni turibman
kutib,
Koshkiydi sevgimni yulsangiz
dildan.
Ikkimiz ham go’yo no’noq
o’quvchi.
Aldashni bilmagan ikki bolakay,
Hayot – bu katta yo’l, bizlar
yo’lovchi,
Ikki qutbga yuz tutganday atay.
“Endi mamnunman”, deng
hayotingizdan
Xotirjam ketayin ko’nglimni uzib,
“Sizni o’chirdim”, deng
xayolingizdan
“Qaytmang”, deng eng totli
baxtimni buzib.
Men shunda ishonib
so’zlaringizga,
Koyiman o’zimni “notavon”
deya,
Bir bora tik boqib ko’zlaringizga
Yuragim aldardim armonda
kuya.
Biz birga yashay olmaymiz,
Chunki, sevishgan yuraklar baxtli
bo’lmagan,
Muhabbat o’tida kuygan dil
borki,
Biri kam dunyoda ko’ngki
to’lmagan.
Men esa shukrona qilaman doim,
Azizim, omonsiz mendan
yiroqda,
Sizni qattiq sevish mening
xatoim,
Kechiring sog’insam yonib
firoqda.
Biz istab-istamay sevildik –
sevdik,
Koshkiydi, qalbimiz tushunsa
bizni,
Shu onda baxt bilan armonni
bildik,
Dard ila yashirib, qalb sirimizni.
Hozirchi, ertaklar aytaman
yig’lab,
Sirlashib g’oyibiy diydoringizla,
Oq qog’oz “dod” deydi hasratim
tinglab,
Jilmaying mendayin
biyroningizga
Koshkiydi yashasam
yonginangizda,
Eng shirin so’zlarim etardim
tortiq,
Jonimni baxsh etib
jonginangizga
Baxtlarga cho’lg’ardim haddidan
ortiq.
28. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 3| 10 Dec 2017, 19:08
Sizga alvon gullar terdim
muhabbatimdan,
Mehr ila qalbim berdim
muhabbatimdan,
Lek, uni bir xasdek ko’zga
ilolmadingiz,
Siz gul ko’nglim, nozik ko’nglim
bilolmadingiz.
Ko’zyoshlarim daryo bo’lib qalqib
borsam men,
Suvga aksin solgan oydek balqib
borsam men,
Fido qilgan jonim dildan
suyolmadingiz,
Mening ko’nglim, sevgan
ko’nglim bilolmadingiz.
Derazamdan mo’ralaydi sirdosh
bo’lgan Oy,
Mening uchun qaro tun ham
ochmoqda chiroy,
Tashna qalbim hasratin
tugolmadingiz,
Ishqim birla bir olovda
kuyolmadingiz…
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1192
Mavzuga oid xabarlar soni: 127 ta
So'ngi faollik vaqti: 8 Aug 2018, 22:42
Mavzuni ko'rishgan: 35 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 156 (0/156)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru