UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sevgi sherlar
Mavzu fayllari
(1)
Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol, Qalbimda butunlay so`nmagan hali. Sevgim endi sizga kelmasin malol Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali. Goho chuchib, goho rashk qilib men Sevar edim so`zsiz, umidsiz. Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin, Chin yurakdan samimiy, cheksiz. Qurib qoldi ko`zda yoshim, Yurak to`lsa yig`lolmayman. Hijronga etmas bardoshim, Shodlikka dil bog`lolmayman. Qafasdagi qushcha misol, Yoningga hech borolmayman Suvdek oqib ketdi visol, Tushimda ham ko`rolmayman. Olis yulduz bo`lding ko`kda, Yakin turib yetolmayman. Dardimni tangrimdan o`zga, Hech kimsaga aytolmayman. Ey bevafo, bu qilmishing, Ne deb atay bilolmayman. Hushim yo`qdir baxt tilashga, Baxtsizlik ham tilolmayman. MUHABBATdan kechib ketding, Men-chi bunday qilolmayman
Yuklab olish
Onlayn 130 (0/130)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa