UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sevgi sherlar
Mavzu fayllari
(1)
Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir, Bir dilga bitta gul tanho kerakdir. Bir elga mehrdan daryo kerakdir, Mehr gar bo'lmasa itob na kerak? Tiriklik bir aziz ne'matdir azal, O'tkazmoq joizdir pokiza, go'zal. Nasimlar navodir yaproqlar-g'azal, Balog'at bazmida sharob na kerak? Siymu zar havosi ranglaringdandir, Ne hasrat tomo- g'ing tanglayingdadir. Ey, inson hisobing manglayingdadir, Bunchalar hisob-u kitob na kerak? Sadoqat darsidan xabar bo'lmasa, Farosat ahlidan nazar bo'lmasa. Ko'ngilda hayodan asar bo'lmasa, Ul husn-u jamolga hijob na kerak? Suv uzra yarq etgan shu'ladir umring, Osilgan omonat tugmadir umring. Magar Xalq yo'lida o'tmadi umring, Seni bu chulg'agan sarob na kerak? Ilg'agil dunyodan munglug' kuyingni, Eng avval supurgil ko'ngil uyingni. Savol-u javob et har bir kuningni, Savoling bo'lmasa, javob na kerak?
Yuklab olish
Onlayn 155 (0/155)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa