UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sevgi sherlar
Mavzu fayllari
(1)
Nahot, sevganingni sezmadim, jonim? Qo'l ushlashib kezardik yomg'irda-qorda, Doim birga edik biz kuzda- bahorda, Afsuski, ko'nglim yosh ekan o'shanda Nahot, sevganingni sezmadim, jonim? Nozik qo'llarimdan ushlaganingda, Bilmasdan ko'zlarim yoshlaganingda, Kuldirib ko'nglim xushlaganingda Nahot, sevganingni sezmadim, jonim? Yig'lasam ko'zimdan oqqan ko'zyoshim, Biryo'la ham do'stim, ham sirdoshim, Do'stlikning yo'lidan borgan yo'ldoshim Nahot, sevganingni sezmadim, jonim? “Do'stmiz” deding, sevgidan so'z ochmading, Baland ushlab, g'ururingdan kechmading, “Sevdim” deya meni bir quchmading Nahot, sevganingni sezmadim, jonim? Do'stlik yo'lida sevgingni qurbon aylab, “Do'stmiz” deding, va so'zingni qadrlab, Sevganingni aytmading sen ataylab Nega o'zim shuni sezmadim, jonim? Ko'nglimga cho'kkancha qoldi armonim, Sevganingni sezdimu, og'ridi jonim, Afsus, taqdir ekan, taqdir ekan bu Nahot, sevganingni sezmadim, jonim?
Yuklab olish
Onlayn 260 (0/260)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa