UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sevgi sherlar
Mavzu fayllari
(1)
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb? Hazonlar to’kilar, daraxtlar g'arib, Qor yog'ib o’tadi zulmatni yorib, Kurtaklar yozilar yerni uyg'otib, Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb? Asta varaqlayman umrim kunini, Tonglarga bosh qo’yar sog'inch ko’z yumib, Kim bilar sevgimning o’tli hunini, Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb? Qoshlarim qayrildi yo’lingiz qarab, Sanoqdan adashdim tunu kun sanab, Nahotki ayriliq haqiqat yo rab, Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb? Ko’z yoshim to’ksa ham to’ymadi sarob, Bu mag'rur vujudim tark etmas azob, Men hanuz go’zalman lek, muhabbat harob, Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb...
Yuklab olish
Onlayn 247 (0/247)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa