UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sevgi sherlar
Mavzu fayllari
(1)
Do`sting ketsa dushmaning tomon, Yuragingni cho`lg`asa gumon, Kimlarnidir sog`insang yomon, Umidingni uzma dunyodan. Yaqinlaring bo`lmasa tirgak, Qayg`ulardan charchasa yurak, Bo`lmay qolsang hech kimga kerak, Umidingni uzma duyodan. Yo`llarida bo`lsang intizor, Muhabbating aylasalar xor, Chertilmasa dilingdagi tor, Umidingni uzma dunyodan. Olib qochsa xayoling yillar, Anglamasa dardingni dillar, Ishon baxtli kunlaring kelar, Umidingni uzma dunyodan.
Yuklab olish
Onlayn 255 (0/255)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa