Mavzu: Qayg'uli she'rlar
15. Doston (M) (275) [off] | TXT | 13| 10 March 2017, 08:47
xaaa tõgri
16. Doston (M) (275) [off] | TXT | 13| 4 May 2017, 23:15
Yuragimda g'am anduh qolmas
Yo'llarimda tusiq g'ov kelmas
Hayolimda o'zga yor bo'lmas
Ko'zlaringga boqsam bir bora

Hotiralar tarqab ketadi
Hayollarim olib qochadi
Hatto so'zlarim ham esdan chiqadi
Ko'zlaringga boqsam bir bora

Sevgi bu ilohiy tuyg'u
Ko'zlaringda bo'lmasin qayg'u
Bu yorug' dunyo bo'lmas qorong'u
Ko'zlaringga boqsam bir bora
17. Doston (M) (275) [off] | TXT | 13| 4 May 2017, 23:30
"Alvido" bu so'z naqadar azob
Nega oshiq yuragi bo'ladi xarob
Axir, sevgi emasmidi totli sharob
Uning go'zal umri bo'ldiku sarob

To'g'ri, bo'lgandi ajoyib onlar
Sen va men, ikkimiz birga.
Qalblar so'zlashardi hattoki ko'zlar
Ammo nega bo'lmadik birga?

Sen qaytmaysan, men bormayman
To'siq bo'ldi bizga or g'urur
Endi sevmayman, seva olmayman
Balki qismat bizga shu erur
18. Doston (M) (275) [off] | TXT | 13| 4 May 2017, 23:36
Qo'limga tushsa dunyo Saxovatni unutibman
Qo'limdan ketsa dunyo Qanoatni unutibman
Yaxshilik qilmay ba’zan Oqibatni unutibman
Boylikni quvib har dam Ibodatni unutibman
 
Aldanib shaytonlarga Qiyomatni unutibman
Ishonib bid'atlarga Muslimlikni unutibman
Ko'rib go'zal yuzlarn Or hayoni unutibman
O'yin bilib muhabbatni sadoqatni unutibman
 
Ruju’ qo'yib mol dunyoga Xalovatni unutibman
Ishonmay chin so'zlarga Haqiqatni unutibman
Unutibman bu dunyoga, Mezbon emas mehmonligim
Unutibman yashab shuncha Ollohimga bandaligim
19. Doston (M) (275) [off] | TXT | 13| 4 May 2017, 23:50
O'zga yorga ketding yor bo'lib
Balki kulib, balkim zor bo'lib
Xijronlardan ming bezor bo'lib
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim
 

Xayotda bir umr xayolga tolib
Goxi o'tib, goxida qolib
Sevgini lanatlab baxtimdan tonib
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim
 

Lekin xotira bor shudur muammo
Seni eslatadi yulduzlar samo
Go'zal xotiralar qolgan u ammo
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim
 

Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib
Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib
O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim
 

Yirtilgan surating qayta teraman
Xar kuni tushimda seni ko'raman
Nafratlanib, pinxon sevaman
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim
 

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim
Goxi el ichra kulgular bo'ldim
Bazida shirin xayotdan to'ydim
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim


Yurakka nafratdan saroylar soldim.
Goxo bu xayotdan rosayam toldim.
O'zimdan emas, men sendan tondim
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim
 

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam
Axir menga baxtku, yashasang be kam
Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam
SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM
20. Doston (M) (275) [off] | TXT | 13| 4 May 2017, 23:58
Yana yurak sevdi yana yig'ladi
Bevafolar bag'ru dilim tig'ladi
Nega sening sevging yana bilmadi
Qo'y endi yig'lama yig'lama yurak
Bir go'zal sevmasa sevmabdi seni
O'ksima, o'rtama, qiynama meni
O'zi bevafolar bilarlar neni
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak

Har doim chin sevgi, vafo istaysan
Ahir ular yo'q bo'lsa neni izlaysan
Sof sevgi juda kam, buni bilmaysan
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak
Ul bevafoni sen endi suymagin
Aldamchi hislarni sira tuymagin
Ishqida faqat yonib kuymagin
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak

Sevgi sarobidan ado bo'ldingku
Hiyonat dastidan qonga to'ldingku
Go'yo ming tirilib ming bor o'ldingku
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak
21. Doston (M) (275) [off] | TXT | 31| 4 May 2017, 23:59
Szlarga yoqtmi u xolda raxmat aytish estan chqmasin
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 132
Mavzuga oid xabarlar soni: 51 ta
So'ngi faollik vaqti: 29 Nov 2018, 09:40
Mavzuni ko'rishgan: 60 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 180 (0/180)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru