Mavzu: Qayg'uli she'rlar
22. Doston (M) (275) [off] | TXT | 32| 5 May 2017, 23:10
Atrofda kuz fasli, bulutli osmon
Samodan maydalab yog'moqda yomg'ir
Go'yo mungli o'yga tongan darahtlar
Sarg'aygan barglarin to'kar bima bir
Borarman ko'chada hazonlar kechib
Vujudimda qandaydir hislar kezmoqda
Bir paytlar hazon kabi to'kilgan sevgim
Bugun esa uyg'onib bag'rim ezmoqda

Mana hozir esimga tushmoqda shu kun
Dilimga ishq hissi kirgan o'sha kun
Sevgi hissi qalbimga bahor solgandi
Ul go'zal bir boqib aqlim olgandi

Kechagidek yodimdadir o'sha onlarim
Bir go'zal qizchani sevib qolganim
Sevgi bog'i ichra adashib qolib
Tikanli atirgulni quchib olganim

Sizga aytsam o'sha gul ho'p go'zal edi
Qalbimni titratgan bir g'azal edi
U bilan o'tqazgandim bahtli kunlarim
Juda ham totli edi sokin tunlarim

Men bog'bon u esa bog'da gul edi
Gullar ichra saralgan u tanho edi
Men uni asrardim sevardim chindan
Har doim uni o'ylab yurardim dildan

Lek gulimni bog'imdan uzib ketdilar
Bazilar maqsadiga ohir yetdilar
Gulni bulbuliga aylab begona
O'rtada sevgini sarson etdilar

Men ahmoq qo'lim yetmas gulni suyibman
Ishqida majnun misol faqat kuyibman
So'ngra o'ylab dedim o'zimga o'zim
Endi atir gulga tikmasman ko'zim

Mayli endi tugataman sevgi satrini
Do'stu yoringiz seving biling qadrini
Har kimga yetarlidir o'z tashvishlari
Faqat do'st olarkan do'stning dardini
Ijobiy (1): fleshka,
23. Doston (M) (275) [off] | TXT | 32| 5 May 2017, 23:20
Eh ko'zimga to'ldi yosh
Yig'lolmasam netayin
Visolingga qalamqosh
Yetolmasam netayin


Shuncha sevib bir seni
Aytolmadim netayin
Bugun ko'zda yoshingni
Artolmadim netayin
 

Ko'zlarimga boqolmay
Deding to'yim bo'lyabdi
Otam meni eshitmay
Bir yigitga beryabdi
 

Qanidi kar bo'lib qolsam
So'zlaringni eshitmay qolsam
Eh qanidi mening jonginam
Shu so'zlarin eshitmay o'lsam
24. Shahzodbek (239) [off] | TXT | 32| 11 Jun 2017, 17:06
.::TOK YUQ::. Svit ham o'chib qoldi, Odamlar Gapga toldi. He onangni deb, Shu bahöna uxlab oldi.
25. Shahzodbek (239) [off] | TXT | 32| 11 Jun 2017, 17:09
Daraxtlarda dovchalar, Yosh bolalar o'ylab kelar. Shu Dovchalarning ham, Qattiqqo'l onasi bo'lar.
26. BaDBoY (896) [off] | TXT | 32| 13 Jun 2017, 08:18
mavzuni kichkina xarifda yozib qoyila QAYGULi SHERLAR ni man oyguli sherlar korvorvomman tez tepadan pasga tushirganda
27. Dilmurod_TJK (19) [off] | TXT | 32| 23 Jan 2018, 18:32
Bir boshidan ishing yurar,
Taomingda go'shing bo'lar,
Ko'cha ko'yda o'rning bo'lar,
Agar xalol yashasang.
O'zingni xech aldamaysan,
Tunda eshikka boqmaysan,
Daydi qushdek uchmaysan,
Agar xalol yashasang.
Farzandinga o'rnak bo'lasan,
Biroz qiyin lek ko'nikasan,
Bir kuni rohatini ko'rasan,
Agar xalol yashasang.
Otang boshini egmaydi xech,
Onang dilin yanchmaydi xech,
Seni muammo kutmaydi xech,
Agar xalol yashasang.
Xayot shunday go'zal tuzoqlar,
To'g'ri yo'lda ulkan azoblar,
Xatto seni dushman xam qo'llar,
Agar xalol yashasang.
Xalollik ilmi ulkan zahmatdur,
Shu bilan birga banda farzidur,
Bu yaratganni bergan qarzidur,
Ey do'stim xalollik dunyo umridur..
28. Dilmurod_TJK (19) [off] | TXT | 32| 23 Jan 2018, 18:32
Yuragimda mungli sado,
Yig'layverib bo'ldi ado,
Ishqimga berib bir baxo,
Bahtli bo'lgin bevafo.
Ko'zimni sen aldading,
Qisqa manzil tanlading,
Ishqimizni neg xo'rlading?
Baxtli bo'lgin bevafo.
Ermak menmi yoki senmi,
Naxot dunyo senga kengmi,
Endi kimliging tayinmi,
Bahtli bo'lgin bevafo.
Qanday unitayin ayt axir,
Qilding xayotimni taxir,
Sengda xam bor taqdir,
Bahtli bo'lgin bevafo.
Tilak tillolarga aylandimi,
Kuyov shahzoda saylandimi,
Kimdir bir o'lib tirildimi,
Bahtlli bo'lgin bevafo.
Qismatim ko'p kuyinma,
Yuragim qo'y yig'lama,
Oh qaytmas bir bahorima,
Bahtli bo'lgin bevafo.
BAHTLI BO'LGIN BEVAFO. ...
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 132
Mavzuga oid xabarlar soni: 51 ta
So'ngi faollik vaqti: 29 Nov 2018, 09:40
Mavzuni ko'rishgan: 60 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 233 (0/233)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru