UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sherlar olami va STSLAR
Mavzu fayllari
(0)
Sensiz jonim körgan tushim yolg'on meni, Bahor, yozim, kuz va qishim yolg'on mening. Yuzda kulgim, közda yoshim yolg'on mening, Özing yolg'on dunyodagi rostimsan. Sen eng aziz dushmanim ham döstimsan, Sevishib ham hech biz birga bölolmaymiz. Sog'intirgan visollarga töyolmaymiz. Birga yashab netay birga ölolmaymiz. Özing meni orzu etmas armonimsan. Sen qöshig'im, sen kuyim, sen dostonimsan. Bir visolga zor zor etar kunlar uzun. Yana yolg'iz bedor necha tunlar uzun. Oylar uzun, sensiz jonim yillar uzun. Özing meni yuragimda omonatim. Ham yaqinim, ham olisdagi jannatim. Oxlarimga osmonlarim zormi shuncha. Menga sensiz dunyo degan tormi shuncha. Shörlik yurak azoblarga bormi shuncha. Özing mening xayotimda yolg'iz zorim. Dunyoda men uchun özing yög'u borim.
Yuklab olish
Onlayn 214 (0/214)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa