Mavzu: O'z jamoangizni tuzing so'vrin yutib oling
So'rov natijasi
siz oz jamoangizni tuzdingizmi
yoq (8)
ha (3)
8. BaDBoY (M) (896) [off] | TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:25
DarkShade (11 Aug 2017, 22:20):
Xozir telda edim trafik kamroq, shunga Oddiy fudbol(offline) o'yinlariga o'xshab o'ynaysizmi yoki avtomatik hisob chiqaradimi
DarkShade, avtomatik chiqadi masalan bugun arsenal lester oynidi masalan arsenaldan alexsis sanches oyinga tushib gol ursa szga achko beradi golli pas bersayam agar kapitan qib qoysez achko 2ga kopaytirib beriladi
9. BaDBoY (M) (896) [off] | TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:26
O'YIN QOIDALARI
JAMOA TUZING
£100 mln. byudjetni ishlatib Angliya premyer-ligasining 15 nafar futbolchisidan jamoa tuzing. Jamoada quyidagi amplua vakillari bo'lishi kerak:

• 2 darvozabon

• 5 himoyachi

• 5 yarim himoyachi

• 3 hujumchi

Siz bitta klubdan 3 nafardan ortiq futbolchi tanlay olmaysiz.

NOM TOPING
Jamoa tuzilgach unga nom qo'ying. Jamoa nomini barcha ko'radi va u jadvalda ko'rinadi.

Shundan so'ng telefon raqamingizni kiriting, biz sizga o'yinga kirish uchun parolni SMS orqali yuboramiz. Parolni saqlab qoling yoki eslab qoling. Keyinroq parolni profilda o'zgartirish mumkin.

Diqqat: siz ko'rsatgan telefon raqami boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi.

JAMOANI BOSHQARING
11 nafar asosiy tarkib futbolchilarini tanlang, ular sizga ochko keltiradi. Zaxiradagi futbolchilar avtomatik o'zgarish amalga oshmaguncha ochko olmaydi (pastga qarang). Sardorni tanlang: uning ochkolari 2 barobar ko'payadi.

Futbolchilarning maydondagi joylashuvi avtomatik amalga oshiriladi, har bir ampluada minimal talablar bajarilishi kerak: 1 darvozabon, 3 himoyachi, 2 yarim himoyachi va 1 hujumchi.

Jamoadagi barcha o'zgarishlar, taktik o'zgartirishlar bo'ladimi yoki transferlarmi barchasi dedlayngacha amalga oshirilishi lozim, ya'ni turning birinchi o'yinidan 1 soat oldin.

Agar asosiy tarkibdagi futbolchilardan kimdir haqiqiy o'yinda maydonga tushmagan bo'lsa, u avtomatik tarzda zaxirada birinchi turgan futbolchiga almashadi (zaxira ketma-ketligini o'zingiz aniqlaysiz). Shunday qilib, zaxiradan tushgan futbolchining ochkosi qo'shiladi. E'tibor qiling, sardorlik xususiyati zaxiradagi futbolchiga o'tmaydi.

Avtomatik o'zgarishlar turning barcha o'yinlari tugaganidan so'ng amalga oshadi.

TRANSFERLAR
Jamoa tuzgach transfer bozorida ularni sotish va sotib olish mumkin. Birinchi tur dedlayniga qadar transferlar soni cheklanmagan. Keyingi turlarda bepul transferlar soni bittani tashkil qiladi. Ishlatilmagan transfer keyingi turga o'tmaydi va kuyib ketadi.

Bepul transferga qo'shimcha ravishda tangalar orqali qo'shimcha transferlarga ega bo'lish mumkin.

Siz transferlarni tasdiqlagach ularni bekor qila olmaysiz.

FUTBOLCHILARNING NARXLARI
Futbolchilarning transfer narxlari mavsum davomida ularga bo'lgan talabga qarab o'zgarib boradi.

Jamoaingizdagi futbolchining transfer narxi o'zgarishini EPL Manager saytida ko'rish mumkin ("Transferlar" sahifasi, "Jadval" bo'limi): BN - boshlang'ich narx (futbolchini sotib olingan narx), HN - futbolchining hozirgi narxi, SN - sotuv narxi (futbolchini sotishingiz mumkin bo'lgan narx). Agar hozirgi narx (HN) boshlang'ich narxdan (BN) oshgan bo'lsa, u holda sotuv narxi (SN) farqning yarmiga ko'payadi. Masalan, siz futbolchini £5 mln.ga sotib oldingiz, uning narxi £7 mln.gacha oshdi, uni siz £6 mln.ga sota olasiz. Agar aksincha bo'lsa, siz futbolchini £7 mln.ga sotib olgan bo'lsangiz, uning narxi £5 mln.ga tushgan bo'lsa, siz uni faqat £5 mln.ga sota olasiz

"Maydon" bo'limida (ya'ni maydonning o'zida) va EPL Managerning mobil ilovasida siz futbolchini hozir sota oladigan narxingiz (sotuv narxi) ko'rsatiladi.
10. Young_MasTeR (389) [off] | TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:27
BaDBoY (11 Aug 2017, 22:17):
Young_MasTeR, endi sizga 100€ berdi shu € ga sz futbolchi sotib olas jamoangizga nom qoyas
BaDBoY, Jamoamga nom qoydim futbolchi tanladim endi nima qilish kere?
11. DarkShade (292) [off] | TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:27
BaDBoY (11 Aug 2017, 22:25):
DarkShade, avtomatik chiqadi masalan bugun arsenal lester oynidi masalan arsenaldan alexsis sanches oyinga tushib gol ursa szga achko beradi golli pa• • •
BaDBoY, u o'yin hayotdagi haqiqiy o'yinlarga bog'liqmi?!
12. BaDBoY (M) (896) [off] | TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:29
Quruq o'yin uchun ochko maydonda kamida 60 daqiqa o'ynagan futbolchiga qo'shiladi.

Golli pas hisoblanadi quyidagi hollarda:

• uning pasidan so'ng sherigi gol ursa

• jarima to'pi yoki penalti ishlagan va o'sha standartdan gol urilgan bo'lsa (agar jarima to'pi yoki penalti ishlagan futbolchining o'zi gol ursa pas hisoblanmaydi)

• uning zarba/pasidan so'ng raqib futbolchisi o'z darvozasiga gol ursa (avtogol).

Agar pasdan keyin to'p raqib futbolchisidan rekoshet hosil qilsa yoki to'p darvoza ustuni/to'siniga tegib qaytsa golli pas hisoblanmaydi.

Himoyadagi ohirgi: so'ggi himoyachi o'rnidagi futbolchi (raqib hujumchisi va o'z darvozaboni o'rtasida turgan) tomonidan amalga oshirilgan to'p olib qo'yish.

Darvoza chizig'idan to'p qaytarish: darvoza chizig'i ustida amalga oshirilgan to'pni qaytarish yoki zarbani bloklash.

G'alaba to'pi: o'yinda urilgan yagona gol (1:0 yoki 0:1).

Qizil kartochkalar: agar futbolchi ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etsa undan 4 ochko olib tashlanadi (sariq kartochka + qizil kartochka).

Agar himoyachi yoki yarim himoyachi chetlatilsa, qizil kartochkadan keyin jamoasi o'tkazgan olsa, jamoasi o'tkazgan har bir juft gol unga ham yoziladi (harakatlar va ochkolar jadvaliga qarang).

LIGALAR VA SOVG'ALAR
Jamoaingiz tuzilgach avtomatik tarzda Global ligaga va davlatingiz ligasiga qo'shiladi (davlatingiz siz kiritadigan raqam kodi orqali avtomatik aniqlanadi).

Bundan tashqari siz shaxsiy liga yaratishingiz va unga do'stlaringizni taklif qilishingiz mumkin. Siz ushbu liga qachon boshlanib qachon tugashini o'zingiz hal qilasiz. Ya'ni siz belgilagan kundan boshlab barchaning ochkolari noldan hisoblana boshlanadi.

Siz sovrinli va homiylik ligalarida ham ishtirok eta olasiz. Ushbu ligalar yaratilgan paytdan boshlab ochkolar hisoblanadi shu bois barchada QIMMATBAHO SOVG'ALAR uchun kurashish imkoniyati mutlaqo teng bo'ladi!

Sovrli va homiylik ligalarida qatnashish uchun profilni to'ldirish lozim. Bu ma'lumotlar boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi va faqat sovg'a yutib olganda sizni topish uchun xizmat qiladi. Sovg'alar yuk tashish xizmati yoki profilda yozilgan manzilga oddiy pochta orqali yetkaziladi.

Ochkolar tengligi: jamoalarning ochkolari teng kelib qolsa (yoki o'rin) quyidagi jihatlarga e'tibor qilinadi:

1. Ko'proq urilgan gol.
2. Ko'proq golli paslar.
3. Qizil kartochkalarning kamligi.
4. Sariq kartochkalarning kamligi.
5. Barchasi teng bo'lib qolsa - qur'a yordamida.
IMG_4459.png

Yuklangan: 350 marta (112.67KB)
13. BaDBoY (M) (896) [off] | TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:29
DarkShade (11 Aug 2017, 22:27):
BaDBoY, u o'yin hayotdagi haqiqiy o'yinlarga bog'liqmi?!
DarkShade, xa
14. BaDBoY (M) (896) [off] | TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:30
Young_MasTeR (11 Aug 2017, 22:27):
BaDBoY, Jamoamga nom qoydim futbolchi tanladim endi nima qilish kere?
Young_MasTeR, sz 2- sastavda oynidigon futbolchilani iloji boricha sotvolmasligiz kere
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1720
Mavzuga oid xabarlar soni: 66 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 Jun 2018, 20:53
Mavzuni ko'rishgan: 37 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 206 (0/206)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru