Mavzu: SPORT YАNGILIKLАRI (NЕW)
1. prehistoric (M) (34) [off] | TXT | 7| 24 Sep 2017, 07:31
ВU MАVZUDА MЕN HАR KUNI YАNGILIK KIRITIВ ВORАMАN
2. prehistoric (M) (34) [off] | TXT | 7| 24 Sep 2017, 07:35
Oliy liganing yana bir hakami «ikki» baho oldi
O'zbekiston chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Sho'rtan» va «Navbahor» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib borgan toshkentlik hakam Olim Tolibjonov uchrashuv nazoratchisi tomonidan «ikki» bahoga loyiq ko'rilgan.
PFL rasmiy sayti bergan qaydnomaga ko'ra, nazoratchi Abdullayev Tolibjonovga 4.0 ball qo'ygan. Bu oddiy til bilan aytilganda «ikki» bahoga teng deganidir. Qanot va zaxira hakami esa odatdagidek nisbatan yuqori ballar olishgan.
Ma`lumot uchun uchrashuvda 3:3 hisobidagi durang qayd etilgan. Hozircha Tolibjonov qanday qarorlari evaziga bu qadar past bahoga loyiq ko'rilgani ma`lum emas.
Eslatib o'tamiz, hafta boshida «Buxoro» va «Dinamo» uchrashuvini boshqarib borgan Rustam Bobomurodov ham nazoratchi tomonidan 4.0 ballga loyiq ko'rilgan, keyinroq O'FF prezidentiga hakamning ustidan tushgan e`tirozlar natijasida tashkilot Bobomurodovni butun umrga hakamlikdan chetlatgandi.
zDhaLPmBtnhexnTvytCaD7mNYFygnp-O.jpg

Yuklangan: 283 marta (48.05KB)
3. prehistoric (M) (34) [off] | TXT | 7| 24 Sep 2017, 07:42
Ashxobod-2017. O'zbekiston turnir jadvalida pastladi, mezbonlar medal jamg'arishda rekord qayd etmoqda
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida usti yopiq inshootlardagi Osiyo O'yinlari davom etmoqda. 21 sentabr kungi musobaqalarda O'zbekiston vakillari 3ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medal qo'lga kiritishdi.
Endilikda O'zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 63taga yetdi - 10ta oltin, 17ta kumush va 36ta bronza. Bu ko'rsatkich bilan O'zbekiston delegatsiyasi umumiy jadvalda to'rtinchi pog'onani egallab turibdi. Tailandlik sportchilar 21 sentabr kungi musobaqalarda 8ta medal qo'lga kiritib, O'zbekistonni quvib o'tdi.
Umumiy jadvalda mezbon-Turkmaniston terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Turkmanistonlik sportchilar medal jamg'arishda eng yaqin ta`qibchisidan deyarli 3 barobar ustun - 149ta medal (59-43-47). Ikkinchi o'rindagi Eronda 52ta medal bor (16-9-27).
jasg.jpg

Yuklangan: 301 marta (196.33KB)
4. Armancheek (279) [off] | TXT | 7| 18 Oct 2017, 05:52
Liverpul safarda 0:7 hisobida g'alaba qozonib echl da o'ynayotganini his qilgandek bo'ldi
5. Armancheek (279) [off] | TXT | 7| 18 Oct 2017, 05:53
Ronaldo tottenhem darvozasiga kiritgan goli 250 turli musobaqalardagi goli bo'ldi
6. Armancheek (279) [off] | TXT | 7| 18 Oct 2017, 05:55
Spartak moskva sevilyani yirik hisobda mag'lub etdi 5:1
7. CTC-Moskva (616) [off] | TXT | 7| 18 Oct 2017, 06:59
Armancheek (18 Oct 2017, 05:55):
Spartak moskva sevilyani yirik hisobda mag'lub etdi 5:1
Armancheek, Yevropa Ligasiga tushadi bu club
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1890
Mavzuga oid xabarlar soni: 48 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 Nov 2019, 16:20
Mavzuni ko'rishgan: 42 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 192 (0/192)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru