UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
SPORT YАNGILIKLАRI (NЕW)
Mavzu fayllari
(5)
Ashxobod-2017. O'zbekiston turnir jadvalida pastladi, mezbonlar medal jamg'arishda rekord qayd etmoqda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida usti yopiq inshootlardagi Osiyo O'yinlari davom etmoqda. 21 sentabr kungi musobaqalarda O'zbekiston vakillari 3ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medal qo'lga kiritishdi. Endilikda O'zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 63taga yetdi - 10ta oltin, 17ta kumush va 36ta bronza. Bu ko'rsatkich bilan O'zbekiston delegatsiyasi umumiy jadvalda to'rtinchi pog'onani egallab turibdi. Tailandlik sportchilar 21 sentabr kungi musobaqalarda 8ta medal qo'lga kiritib, O'zbekistonni quvib o'tdi. Umumiy jadvalda mezbon-Turkmaniston terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Turkmanistonlik sportchilar medal jamg'arishda eng yaqin ta`qibchisidan deyarli 3 barobar ustun - 149ta medal (59-43-47). Ikkinchi o'rindagi Eronda 52ta medal bor (16-9-27).
Yuklab olish
Onlayn 250 (0/250)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa