Mavzu: FC Liverpool
8. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:34
Yurgen Klopp van Deyk transferi masalasiga to‘xtaldi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tranmir Rovers"ga (4:0) qarshi o‘yindan keyin jamoa qiziqishiga sabab bo‘layotgan Virjil van Deyk transferi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.
"O‘tgan safargi bayonotimdan keyin hali hech narsa sodir bo‘lmadi. Hammasi joyida, biroq hozir yangilik haqida aniq ma’lumot bera olmayman. Siz bu to‘g‘risida gapirishni xohlaysizmi? Men esa - yo‘q! Sizga hozir nimadir desam, bu xato bo‘lib chiqishi mumkin", -deydi Klopp.
9. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:43
Muhammad Salah Angliyada faoliyat yuritish huquqiga ega bo'ldi

"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Salah Angliyada faoliyat yuritish uchun hujjatlarni qo'lga kiritdi.
Endi u ertaga bo'lib o'tadigan "Uigan"ga qarshi bellashuvda o'z jamoasidagi debyutini o'tkazishi mumkin.
10. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:44
Luis Suarez: "Jerrarddan yaxshi murabbiy chiqadi"
14 iyl 2017, 21:56
"Liverpul" sobiq futbolchisi Luis Suarez o'zi bilan birga faoliyat olib borgan klub afsonasi Stiven Jerrardning murabbiylikdagi faoliyati haqida o'z fikrini bildirdi.
"Stivenda bu sohada ham muammo bo'lmasligiga ishonaman. U klubga bo'lgan sadoqati tufayli jahon futboli tarixiga kirdi. Jerrard menga ko'p narsalarni o'rgatdi - mag'lubiyatlarda tinchlantirdi, g'alabalarda men kabi bayram qildi. U sardor, yetakchi, jonkuyar. O'ylaymanki, undagi jihatlar murabbiylikda ham Stiven Jerrard nomini yozdirib qo'yishda juda katta yordam beradi", - deydi Suarez.
11. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:44
Jordan Henderson: "Maydonga qaytganimdan xursandman"
14 iyl 2017, 22:19
"Liverpul" sardori Jordan Henderson fevral oyidan buyon ilk marta maydonga qaytdi. Futbolchi bir taym maydonda harakatlandi.
"Jarohatdan keyin bir taym maydonda o'ynashingizni o'zi siz uchun juda katta yutuq. Maydonga qaytganimdan juda ham xursandman. Bu vaqtni ancha kutdim va endi buyog'i barcha ko'ngilsizliklar ortda qolganligiga umid qilaman", - dedi Henderson klub rasmiy saytiga.
12. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:45
Sadio Mane "Liverpul" bilan Osiyo turnesiga bormaydi
14 iyl 2017, 22:28
Mavsumning so'nggini tizzasidan olgan jarohati bois yakuniga yetkaza olmagan hujumchi Sadio Mane kecha yakka tartibdagi mashg'ulotlarga kirishdi.
Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp uni Osiyo turnesiga olib ketmasligini ta'kidladi.
"Sadio Mane ayni damda yakka tartibda shug'ullanmoqda. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz va uni Melvudda qoldiramiz. U jamoa bilan birga shug'ullanmadi. Shu sababdan uni Osiyo safariga olib ketishdan ma'no yo'q.
Sadio irodali futbolchi. Uning tezda safga qaytishiga ishonamiz".
13. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:45
Jorjinyo Veynaldum: "Nuri, sen hayotga qaytishing kerak!"
14 iyl 2017, 22:38
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum o'z vatandoshi, "Ayaks"ning 20 yoshli futbolchisi, ayni damda hayot bilan kurashayotgan Aldulhak Nurini qo'llab-quvvatladi.
"Sen hayotga qaytishing kerak. Sen biz uchun, butun Gollandiya futboli uchun uchun juda ham keraksan", deya ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgan.
14. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:45
Deyan Lovren "Uigan"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
14 iyl 2017, 13:43
Xabaringiz bor, bugun "Liverpul" mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Unda "qizillar" mehmonda "Uigan" bilan kuch sinashadi.
Mazkur bahsda "Liverpul"ning xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovren qatnashishi so‘roq ostida turibdi. Boisi, ushbu himoyachi jarohat olganligi haqida klub rasmiy sayti bayonot bergan. Biroq hozircha jarohat sababi va uning holati haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Agar Lovren bugun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa "DW Stadium"dagi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 230
Mavzuga oid xabarlar soni: 79 ta
So'ngi faollik vaqti: 3 Jun 2019, 00:00
Mavzuni ko'rishgan: 21 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 177 (0/177)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru