Mavzu: G‘ayrioddiy Selfi (DAXSHAT) (UMUMIY BO'LIM/Dunyo yangiliklari) BlackCat (3 Sep 2017 23:19) Osiyolik juftlikning g‘ayrioddiy selfisi internet foydalanuvchilarini, xususan Twitter tarmog‘i foydalanuvchilarining keng muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Bir qarashda er-xotinning birga tushgan rasmini anglatuvchi selfi internet foydalanuvchilarini dahshatga soldi. Gap shundaki, kameraga qarab tabassum qilayotgan ayolning boshqacha yuz ifodali aksi kutilmaganda orqadagi oynada ham paydo bo‘ldi.
Mazkur surat Twitter ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingach, qisqa muddat ichida 17 ming marta bo‘lishildi. Keyinroq yana bir foydalanuvchi uni o‘z sahifasiga joylashtrib, uni “Shaytoniy selfi” deb nomladi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu rasmni qizg‘in muhokama qilishmoqda. Kimdir buning fotoshop ekanligini aytsa, yana kimdir orqadagi ko‘zgu emas, oddiy oyna ekanligini bildirib, u yerda boshqa juftlik turgan, degan fikrni ilgari surmoqda.
Manba: "darakchi.uz" BlackCat (3 Sep 2017 23:20) Qorqittidiya xD shamsiddin (3 Sep 2017 23:20) Rasimga namuna ? BlackCat (3 Sep 2017 23:23) [b]Hamma o`z fikrini yozsin biz ham muhokama qilayli [/b] shamsiddin (3 Sep 2017 23:23) Saytdi shu joyiga likng tashlang BlackCat (3 Sep 2017 23:25) --Javob-- shamsiddin (3 Sep 2017 23:23): Saytdi shu joyiga likng tashlang ---------- shamsiddin, qanaqa link? BlackCat (3 Sep 2017 23:27) Original Rasm shamsiddin (3 Sep 2017 23:29) Shu yanglikni uqigan joyizga link BlackCat (3 Sep 2017 23:31) www.tarona.net/news/g_ayrioddiy_selfi_internet_foydalanuvchilarini_dahshatga_soldi/2016-03-31-6752 BahhTeeUz (3 Sep 2017 23:34) Fotoshop deb o'ylayman BlackCat (3 Sep 2017 23:35) --Javob-- BahhTeeUz (3 Sep 2017 23:34): Fotoshop deb o'ylayman ---------- Bahh Tee, shunday bolgan tagdirdaham rostga oxsharkan.. BAXABEK (3 Sep 2017 23:37) Taxrirlangan bolishiham mumkun. BahhTeeUz (3 Sep 2017 23:37) --Javob-- BlackCat (3 Sep 2017 23:35): Bahh Tee, shunday bolgan tagdirdaham rostga oxsharkan.. ---------- BlackCat, fotoshopda qiyin emasda sloy bilan Erkatoy (3 Sep 2017 23:52) Shu yerda birorta rasmni shunday uxshatib berolasilami? BlackCat (3 Sep 2017 23:54) --Javob-- Erkatoy (3 Sep 2017 23:52): Shu yerda birorta rasmni shunday uxshatib berolasilami? ---------- Erkatoy, qilolamiz Erkatoy (3 Sep 2017 23:57) Xa unda unda sizlar ham shuncha ming kishini hayratga solilabuni muhokama qilguncha Tayotabek (4 Sep 2017 00:13) Meni fikrim!
Menimcha bular uyda xotini bn rasmga tushgan tashqarida erini egzagi bn uni xotinixam xudi rasmga tushgande qilingan sabab rasmda xotin sal tekis turibdi orqada esa kalasì ancha muncha burilgan +menimcha rasmdagi qizda römoli yelkasidan sal pastda a orqadagi rasmda esa yanglishmasam yelkada turìbdi! shamsiddin (4 Sep 2017 01:13) 1000%Fotoshop Nodirali (4 Sep 2017 06:58) Balki rasmga olayotgandir. SUHROB (4 Sep 2017 15:43) Bunday narsalar netda ko'p uchrab turadi. Hamasi fotoshop Nodirali (4 Sep 2017 15:46) Tovba. Shunaqasiyam bo'larkana. Rais (4 Sep 2017 16:22) --Javob-- Tayotabek (4 Sep 2017 00:13): Meni fikrim!
Menimcha bular uyda xotini bn rasmga tushgan tashqarida erini egzagi bn uni xotinixam xudi rasmga tushgande qilingan sabab rasmda xotin sal tekis turibdi orqada esa kalasì ancha muncha burilgan +menimcha rasmdagi qizda römoli yelkasidan sal pastda a orqadagi rasmda esa yanglishmasam yelkada turìbdi! ---------- Tayotabek, fikrlash doirasi shunchalik ham tor bo'lishi mumkinmi?

uydagi deraza, mashina oynasiga qaraganda ham aksingni ko'rsatadi ham onaning nargi tarafini ko'rsatadi, bu yerda ayolning aksi oynaga tushgan va soya hosil qilgan natijada derazaning narigi tarafidagi qandaydir obyekt ko'ringan. Akbarali (4 Sep 2017 16:46) men buni klipini ko'rgandim youtube daaaa Megatron (4 Sep 2017 16:51) bu rasmga eheee ancha boganku tarqalganiga Nodirali (4 Sep 2017 17:23) --Javob-- Akbarali (4 Sep 2017 16:46): men buni klipini ko'rgandim youtube daaaa ---------- Akbarali, qanaqa edi? Akbarali (4 Sep 2017 17:24) --Javob-- Nodirali (4 Sep 2017 17:23): Akbarali, qanaqa edi? ---------- Jek Brayn, aniq bilmayman ancha bo'ldi klipni ko'rganimga BlackCat (4 Sep 2017 19:25) Hamma o`zicha 100%,1000% fotoshop deyavermang xudi ozilar mantajlagandek, balki rostdur Haqiqatni Xudo biladi faqat ! SUHROB (4 Sep 2017 19:43) --Javob-- Akbarali (4 Sep 2017 17:24): Jek Brayn, aniq bilmayman ancha bo'ldi klipni ko'rganimga ---------- Akbarali, ha men xam ko'rgan edim bir qiz raqsga tushadi va o'tiradi. Qizning orqasidagi oynada esa qizning aksi raqsga tushadi. Akbarali (4 Sep 2017 19:44) --Javob-- SUHROB (4 Sep 2017 19:43): Akbarali, ha men xam ko'rgan edim bir qiz raqsga tushadi va o'tiradi. Qizning orqasidagi oynada esa qizning aksi raqsga tushadi. ---------- SUHROB, yoq u emas Young_MasTeR (5 Sep 2017 00:15) Menimcha rasmdagi oyna eshiq uni nargi tarafida ham juftlar bor bolishi mumkin Ok_Ru (2 Dec 2017 19:58) Nima oson foto shop oson. :) Z_e_V_e_R (3 Dec 2017 08:06) Qoyil ShoxruhRustam (17 Jan 2018 20:25) Aniq photoshop. Buni "photoshop emas" deyish ertaklardagi "uchar gilam"ga ishonishdek gap. Televizor koʻrsangizlar, onda-sonda kinolarni olinish jarayonlarini koʻrsatishadi. Tasvirda yoʻgʻi tugul, umuman bu hayotda yoʻq narsani montaj qilib chiqarib qoʻyadi. KomiLov (18 Jan 2018 00:42) --Javob-- ShoxruhRustam (17 Jan 2018 20:25): Aniq photoshop. Buni "photoshop emas" deyish ertaklardagi "uchar gilam"ga ishonishdek gap. Televizor koʻrsangizlar, onda-sonda kinolarni olinish jarayonlarini koʻrsatishadi. Tasvirda yoʻgʻi tugul, umuman bu hayotda yoʻq narsani montaj qilib chiqarib qoʻyadi. ---------- ShoxruhRustam, buni fotoshop emas deganlar mojiza demayaptiku. Prosta oynani orqasida ham shunaqa juftlik bor bolgan va qizlar bir biriga juda oxshash deyilgan xolos WapKing (18 Jan 2018 02:21) --Javob-- BlackCat (4 Sep 2017 19:25): Hamma o`zicha 100%,1000% fotoshop deyavermang xudi ozilar mantajlagandek, balki rostdur Haqiqatni Xudo biladi faqat ! ---------- BlackCat, balki lekin bu mojizaga ishonish qiyin ShoxruhRustam (18 Jan 2018 18:48) --Javob-- KomiLov (18 Jan 2018 00:42): ShoxruhRustam, buni fotoshop emas deganlar mojiza demayaptiku. Prosta oynani orqasida ham shunaqa juftlik bor bolgan va qizlar bir biriga juda oxshash deyilgan xolos ---------- KomiLov, fikrlar turli, sizni gapingiz ham toʻgʻri boʻlishi mumkin. ZimmeR (18 Jan 2018 18:59) Ayolni sumkasi yogu oynada) Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/3/8/1799/