Mavzu: Tarixdagi eng kuchli kiberhujum qayd qilindi
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 104| 5 March 2018, 11:20
GitHub veb-servisi dasturchilari resurslariga kuchli DdoS-hujum bo'lganini ma`lum qilishdi. Bu haqda Wired nashri xabar bermoqda. Soniyasiga 1,35 terabitli bu hujum tarixdagi eng kuchli hujum sifatida baholangan.

GitHub dasturiy ta`minot yaratuvchilarining birgalikda ishlashi va dasturlar versiyalarini boshqarish uchun mo'ljallangan eng yirik veb-servis hisoblanadi. U 2008 yilda ishga tushirilgan.

Hujum oqibatida servis 10 daqiqaga ishdan chiqqan va foydalanuvchilar shikoyatlariga sabab bo'lgan. Hujumni DdoS-hujumlar bilan kurashuvchi Akamai Prolexic servisi evaziga 8 daqiqadan keyin bartaraf etishga muvaffaq bo'lingan. Ushbu servis vositachi rolini o'ynagan. GitHub’dan barcha kiruvchi va chiquvchi trafik Akamai Prolexic’ga yo'naltirilgan va uning himoya markazlari orqali o'tkazilgan. Buning natijasida zararli paketlar topilib, bloklangan.

Akamai’ning xavfsizlik bo'yicha vitse-prezidenti Josh Shaulning aytishicha, ular bungacha soniyasiga 1,35 terabitli hujumga duch kelmaganlar.

DDOS-hujum (ingl. Distributed Denial of Service — “xizmat ko'rsatishdan bosh tortish”) — bu biror saytga hujum bo'lib, uning asosiy maqsadi saytga katta miqdorda yolg'on so'rovlar berish orqali uni ishdan chiqarish hisoblanadi. Hujum oqibatida saytga xizmat ko'rsatuvchi server katta miqdorda yolg'on so'rovni qayta ishlashga majbur bo'ladi va buning oqibatida oddiy foydalanuvchilar saytga kirolmay qoladilar.
Manbaa: kun.uz
Oxirgi o'zgarish: BahhTeeUz (5 March 2018, 11:21)
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
2. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 104| 12 March 2018, 10:37
1,35 TBayt ekan ddos hujum)))
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
3. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 104| 12 March 2018, 11:02
Gap yo'q bunday Tbayt da oddiy saytlar qo'yib qolishi aniq :koz:
4. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 104| 12 March 2018, 11:10
Prince_Abdul (12 March 2018, 11:02):
Gap yo'q bunday Tbayt da oddiy saytlar qo'yib qolishi aniq :koz:
Prince_Abdul, oddiy saytga ddos nima kerak? Mb ham yetarli :-)
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
5. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 104| 12 March 2018, 11:13
BahhTeeUz (12 March 2018, 11:10):
Prince_Abdul, oddiy saytga ddos nima kerak? Mb ham yetarli :-)
Bahh Tee, ha to'g'ri aytasiz do'st :) saytda ddosga qarshi bor a sizda? :grin:
6. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 104| 12 March 2018, 11:15
Prince_Abdul (12 March 2018, 11:13):
Bahh Tee, ha to'g'ri aytasiz do'st :) saytda ddosga qarshi bor a sizda? :grin:
Prince_Abdul, eng ulkan saytlarda qarshi narsa yo'qku, menda qanday bo'lsin?! Menga ddos qilmoqchi bôlsa bemalol deyman, sababi dõstlarimiz tushunishadi vaqtinchalik uzulish bizni ajrata olishmaydi!
Ijobiy (2): Prince_Abdul, Ashurov,
7. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 104| 12 March 2018, 11:21
BahhTeeUz (12 March 2018, 11:15):
Prince_Abdul, eng ulkan saytlarda qarshi narsa yo'qku, menda qanday bo'lsin?! Menga ddos qilmoqchi bôlsa bemalol deyman, sababi d&otil• • •
Bahh Tee, do'stlikni hech narsa ajrata olmaydi. Do'stlik abadiy bo'lsin.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2446
Mavzuga oid xabarlar soni: 21 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 07:25
Mavzuni ko'rishgan: 104 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 211 (0/211)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru