UMUMIY BO'LIM
|
Dunyo yangiliklari
|
Mavzu:
Hackerlar bankka yana hujum qildi
Mavzu fayllari
(0)
Hakerlar guruhi AQShdagi do'konlar mijozlaridan besh millionta kredit va debet kartalari ma`lumotlarini o'g'irladi hamda uning bir qismini sotuvga qo'ydi. Bu haqda kompyuter xavfsizligiga ixtisoslashgan Gemini Advisory kompaniyasi xabar bergan. Ekspertlar ma`lumotiga ko'ra, jinoyat ortida JokerStash hakerlik guruhi turibdi, u kuni kecha ma`lumotlar buzib kirilgani haqida e`lon qildi va 125 mingta kredit kartasi haqidagi ma`lumotni sotuvga qo'ydi. "Biz bir necha moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda shuni tasdiqladikki, yozuvlar 2017 yilning may oyidan to hozirgi vaqtga qadar Saks Fifth Avenue hamda Lord & Taylor do'konlari mijozlaridan o'marilgan", - deyiladi xabarda. Do'konlar Kanadaning Hudson's Bay Co kompaniyasi tuzilmasiga kiradi hamda jabrlangan mijozlarning aksariyati Nyu-York va Nyu-Jyersi shtatida istiqomat qiladi.
Yuklab olish
Onlayn 195 (0/195)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa