1. dimauz (M) (475) [off]
|
TXT |
60| 17 May 2018, 18:04
Google kompaniyasining Jamoatchilik va hukumatlar bilan aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Dovon Ernir kompaniya kelgusida O'zbekistonda ofis ochishga qiziqish bildirgani va buning uchun ayrim shartlarni ma`lum qildi. Bu haqda O'zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat hamda jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig'i Bekzod Hamzayev xabar beradi.
Ma`lum qilinishicha, Google kompaniyasi Markaziy Osiyo bo'yicha ofisini O'zbekistonda ochishga qaror qilsa, ko'plab IT mutaxassislariga talab paydo bo'ladi. Xususan, dаtа-IT mutaxassislari, dasturlovchi va serverga xizmat ko'rsatuvchi kadrlarga ehtiyoj oshishi mumkin. Shu tufayli, kompaniya O'zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish va dasturlash bo'yicha bilimlarni ommalashtirish maqsadida qiymati 3,5 million dollar artofida bo'lgan maxsus Google coding content o'quv dasturini O'zbekistonga bepul taqdim etdi.
«Endilikda oldimizda turgan vazifa aniq va sodda: qo'lga kiritilgan imkoniyatdan foydalanib, dasturlash tillari va kodlarni tezroq o'zlashtirishimiz lozim. Buning uchun ta`lim sohasiga o'ziga xos yechimni taqdim etyapmiz, ya`ni QBox qurilmasi yordamida maktablarda lokal internet hozirlab, Google coding content axborotlarini unga kiritamiz», deydi Bekzod Hamzayev.
Mutasaddi vakilning aytishicha, Facebook kompaniyasi vakili Dovon Ernir ham ayni shu ma`noda kompaniya talablarini bildirgan.
3. dimauz (M) (475) [off]
|
TXT |
60| 17 May 2018, 21:21
Endi maktablarda xam dasturlash bo'yicha darslar o'tilsa kerak.
Xozirgi kungacha bunday imkoniyatlar yoq edi
bundan keyin bo'lsa bu albatda yaxshi.
Prezidentimiz yoshlarga juda katta imkoniyatlar beryapdi va yordam xam
Umirlari uzoq bo'lsin.