Mavzu: Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi
1. dimauz (M) (475) [off] | TXT | 60| 17 May 2018, 18:04
Google​ kompaniyasining Jamoatchilik va hukumatlar bilan aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Dovon Ernir kompaniya kelgusida O'zbekistonda ofis ochishga qiziqish bildirgani va buning uchun ayrim shartlarni ma`lum qildi. Bu haqda O'zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat hamda jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig'i Bekzod Hamzayev xabar beradi.
Ma`lum qilinishicha, Google​ kompaniyasi Markaziy Osiyo bo'yicha ofisini O'zbekistonda ochishga qaror qilsa, ko'plab IT mutaxassislariga talab paydo bo'ladi. Xususan, dаtа-IT mutaxassislari, dasturlovchi va serverga xizmat ko'rsatuvchi kadrlarga ehtiyoj oshishi mumkin. Shu tufayli, kompaniya O'zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish va dasturlash bo'yicha bilimlarni ommalashtirish maqsadida qiymati 3,5 million dollar artofida bo'lgan maxsus Google​ coding content o'quv dasturini O'zbekistonga bepul taqdim etdi.
«Endilikda oldimizda turgan vazifa aniq va sodda: qo'lga kiritilgan imkoniyatdan foydalanib, dasturlash tillari va kodlarni tezroq o'zlashtirishimiz lozim. Buning uchun ta`lim sohasiga o'ziga xos yechimni taqdim etyapmiz, ya`ni QBox qurilmasi yordamida maktablarda lokal internet hozirlab, Google​ coding content axborotlarini unga kiritamiz», deydi Bekzod Hamzayev.
Mutasaddi vakilning aytishicha, Facebook kompaniyasi vakili Dovon Ernir ham ayni shu ma`noda kompaniya talablarini bildirgan.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
2. AsadbeK7 (78) [off] | TXT | 60| 17 May 2018, 18:25
kadrlarga ehtiyoji bo'ladi. Bir qancha shartlarini aytishdi.
3. dimauz (M) (475) [off] | TXT | 60| 17 May 2018, 21:21
Endi maktablarda xam dasturlash bo'yicha darslar o'tilsa kerak.
Xozirgi kungacha bunday imkoniyatlar yoq edi
bundan keyin bo'lsa bu albatda yaxshi.
Prezidentimiz yoshlarga juda katta imkoniyatlar beryapdi va yordam xam
Umirlari uzoq bo'lsin.:)
Ijobiy (2): Prince_Abdul, Ashurov,
4. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 60| 17 May 2018, 21:54
Google​ kompaniyasi Markaziy Osiyo bo'yicha ofisini O'zbekistonda qilishi bu aniq edi ozi
5. Nod1r (6) [off] | TXT | 60| 17 May 2018, 22:07
IT bo'yicha bizga non qolnaydi endi :voy:
6. Ashurov (2636) [off] | TXT | 55| 5 Jun 2018, 15:23
#1 postda yozilibdi...
Google​ kompaniyasining Jamoatchilik va hukumatlar bilan aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Dovon Ernir va Facebook kompaniyasi vakili Dovon Ernir ham ayni shu ma`noda kompaniya talablarini bildirgan. ikkovi ham 1 kishi ekanmi?? Google va facebook birlashdimi?? qachon?
7. dimauz (M) (475) [off] | TXT | 50| 5 Jun 2018, 16:15
Ashurov (5 Jun 2018, 15:23):
#1 postda yozilibdi...
[red]Google​ kompaniyasining Jamoatchilik va hukumatlar bilan aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Dovon Erni• • •
OKO_CAyPOHA,
unisini bilmadim :)
Kun.uzda shunday yozilgan ekan :)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2607
Mavzuga oid xabarlar soni: 15 ta
So'ngi faollik vaqti: 3 Sep 2018, 19:23
Mavzuni ko'rishgan: 60 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 192 (0/192)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru