1. Xusniddin (M) (127) [off]
|
TXT |
9| 8 Nov 2016, 13:32
Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Askar Maminga ishlab chiqarish obyektlariga tashrifi doirasida Ravon avtomobilining yangi modeli — Ravon Nexia ko‘rsatildi. Qo‘stanayda uni o‘zbekistonlik sheriklar bilan yig‘ish rejalashtirilmoqda, deyiladi xabarda.
“Bu Qozog‘istondagi eng arzon avtomobil bo‘ladi”, — dedi Allur Avto DK direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentyev. Uning narxi 2,6 million tenge (taxminan 23 800 000 so‘m)ga teng bo‘ladi.
Lavrentyev aytishicha, Qo‘stanayda Ravon yirik tugunli uslubda yig‘ila boshlaydi: butlovchi qismlar O‘zbekistondan keltiriladi, mahalliylashtirish 30 foizgacha bo‘ladi.
Birinchi Ravon avtomobilini chiqarish sanasi aniq emas, ammo zavoddagilar ta’kidlashicha, O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma korxonasi haqida bir nechta hujjatni imzolash qolgan, xolos.