Mavzu: Futbol Yangiklari
1. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 37| 10 Nov 2016, 10:04
Bu Mavzuda futbol olamidagi barcha holatlar keltirip o'tiladi
Raxmat aytdi (1): Xayrulla,
2. BAXABEK (1162) [off] | TXT | 37| 10 Nov 2016, 14:00
Real Madrid Cristiano Ronaldo bilan imzolangan shartnomani yana uzaytirmoqchi:)
3. ExcLusive (649) [off] | TXT | 37| 11 Nov 2016, 07:23
Brazil - Argentina 3 : 0
4. ExcLusive (649) [off] | TXT | 37| 11 Nov 2016, 07:23
Uzbekistan - Jordan 1 : 0
5. Kosmos (235) [off] | TXT | 37| 14 Nov 2016, 15:03
Janubiy Koreya - O'zbekiston: Noxush an'ana buziladimi?
.
15 noyabr kuni JCh-2018 saralashida qatnashayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining joriy yildagi eng muhim o'yinini o'tkazadi. Samvel Babayan shogirdlari guruhda bizdan keyin uchinchi o'rinda borayotgan Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi. Jamoalar o'zaro qanday o'ynashgan, o'yinlarda qanday natijalar qayd etilgan, nima sababdan 1994 yildan buyon koreyslarni mag'lub etolmayapmiz? Quyida mana shu haqida mulohaza yuritamiz.
.O'zbekiston hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalari o'zaro 13 ta o'yinda maydonga tushgan. Ulardan 9 tasida koreyslar g'alaba qozongan, 1 marta O'zbekistonning qo'li baland kelgan, yana 3 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 27-12 raqiblar foydasiga.
.
EH, XIROSIMA…
.
O'zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari ilk marta biz uchun ajoyib xotiralarni yodga soladigan 1994 yilda to'qnashgan. Xirosimadagi Osiyo o'yinlarining futbol musobaqalarida O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozonganidan xabaringiz bor. U vaqtlar musobaqaning futbol bahslarida yosh doirasi chegaralanmagan va milliy terma jamoalar qatnashardi. Rustam Akromov hamda Birodar Abduraimov shogirdlari yarim finalda Osiyoning eng kuchli jamoalaridan bo'lgan Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi. Ko'pchilik "Osiyo yo'lbarslari"ning g'alabasini kutgan, lekin Azamat Abduraimovning Messilar ham havas qiladigan zarbasi bizga g'alaba keltirgandi. Bu koreyslarga qarshi birinchi va hozircha oxirgi g'alabamiz bo'lib turibdi. 1998 yilgi JCh saralashida koreyslar bilan bir guruhdan o'rin oldik. Avvaliga mehmonda 0:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz, Toshkentda esa raqiblar 5:1 hisobida g'alaba qozonishgan.
.
.GEYNRIXNING FANTASTIK GOLI
.
Germaniya-2016 saralashida ham yo'llarimiz azaliy raqibimiz bilan to'qnashdi. Koreyadagi o'yinda terma jamoamiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi, lekin ko'pchilik kerak bo'lsa butun Osiyo o'sha uchrashuvni koreyslarning g'alabasi bilan emas, Geynrixning raqib himoyachilarini yosh boladek aldab urgan golini eslaydi. Toshkentdagi javob o'yini esa juda keskin o'tgandi. Avvaliga Maksim Shatskix hisobni ochgan, biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Pak Ji Sun gol urib, bizni g'alabadan mahrum qilgandi. 2007 yili terma jamoamiz Osiyo Kubogidan oldin Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazgandik. Biz 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan bahsda Server Jeparov gol urgan. 2008 yilda ham jamoalar xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro maydonga tushishib, koreyslar 3:0 hisobida g'alaba qozongan.
.
.
SAShA HAMON GOL URMOQDA
.
"Osiyo yo'lbarslari"ga qarshi yana bir esda qolarli o'yin 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. Qit'aning uchinchi jamoasi nomi aynan O'zbekiston – Janubiy Koreya o'yinida aniqlangandi. Avstraliyadan qaqshatqich zarba qabul qilgan vakillarimiz o'yinni biroz tushkun kayfiyatda boshlab, dastlabki yarim soat ichida uchta gol o'tkazib yuborishdi. Biroq Vadim Abramov tanaffusda shogirdlarini ruhlantira oldi. Ikkinchi bo'limning 10 daqiqasi ortda qolganda hisob 2:3 edi. Aleksandr Geynrix avval penaltidan, keyin o'yindan gol urib, hisobni qisqartirdi. 2012 yil 25 fevralda yana bir o'rtoqlik o'yini o'tkazildi va unda koreyslarning qo'li baland keldi. 4:2 hisobida yakunlangan o'yinda vakillarimizdan Ibrohim Rahimov va Stanislav Andreevlar gol urishgan.
.
.
OZGINA QOLGANDI
.
JCh-2014 saralashida ham qur'a azaliy raqiblarga bir guruhdan joy berdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari Toshkentdagi bahsda raqibdan yaxshiroq o'ynashdi, lekin o'yin 2:2 hisobida yakunlangan. Mehmondagi o'yinni esa yaxshi eslaysiz. Akmal Shorahmedovning avtogoli koreyslarga g'alaba keltirgan. Avstraliyada bo'lib o'tgan oxirgi Osiyo Kubogining chorak finalida O'zbekiston va Janubiy Koreya yana bir bor to'qnash keldi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Unda vakillarimiz g'alaba qozonish uchun juda ko'p vaziyatlarga ega bo'lishdi. Lutfulla To'raev bosh bilan bo'sh darvozaga gol urolmagandi. Qo'shimcha bo'limlarda esa Son Xin Min ikki marta gol urib, jamoasini yarim finalga olib chiqqandi. Koreyaga qarshi so'nggi o'yinimiz o'tgan yil 27 martda bo'lib o'tdi. O'rtoqlik o'yinida 1:1 hisobida durang natija qayd etildi. Terma jamoamizning goliga Zohir Qo'ziboev mualliflik qilgandi.
6. Kosmos (235) [off] | TXT | 37| 14 Nov 2016, 15:03
E'TIBOR BERISh KERAK BO'LGAN FAKT
.
JCh-2018 saralashlari doirasida Janubiy Koreya terma jamoasi 12 o'yinda qatnashdi. Shundan 10 tasida g'alaba qozondi va 1 marta durang o'ynadi. Eronga imkoniyatni boy berdi. Taqqoslash uchun O'zbekiston terma jamoasi 10 o'yinda g'alaba qozonib, 2 marta mag'lub bo'ldi (Shimoliy Koreya, Eron). Raqiblarimiz o'yinining juda tartibliligi hisobiga o'yinning qaysidir vaqtida ko'proq gol urilganini kuzatmaysiz. Bundan tashqari ular hech ham bo'shashib qolishmaydi va barcha oraliqlarda gol urishadi. Koreyslar o'yinning 30-45, 60-75 va 75-90-daqiqalari oralig'ida eng ko'p gol urishadi. Saralashdagi gollarning 60 foizi shu vaqt oralig'ida urilgan. Taqqoslash uchun O'zbekiston terma jamoasi 33,3 % gollarini 45-60 daqiqalarda rasmiylashtirgan. Terma jamoamiz gollarining atigi 4 foizi 15-30-daqiqalar oralig'iga to'g'ri keladi, 25 foizi esa o'yinning so'nggi 15 daqiqasiga. Koreyslar ikkinchi bo'lim avvalini nisbatan sustroq o'tkazmoqda, O'zbekiston esa aynan ikkinchi taym debyutida juda faol. Mana shu jihatni saqlab qolgan holda raqibni "jazolash" mumkin. Har holda Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlardagi noxush an'anani buzishning vaqti kelgan. Babayan shogirdlari buning uddasidan chiqishsa, JCh-2018 uchun eng katta qadamni tashlagan bo'lamiz.
7. Kosmos (235) [off] | TXT | 37| 14 Nov 2016, 15:08
"Germaniya-2016"
.
Shu mabodo 2006 emasmi?
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 215 (0/215)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru